Ko‘zqarash
26 may 2022

Chin o‘zbekcha otlar

Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat: “Abduvohid, turk-o‘zbekcha ismlar ro‘yxatini tuzish kerak”, deb murojaat qilib qoldi. Men: “Buni qarang, Rahmat aka, qariyb o‘n yillardan beri chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib kelaman”, – deb javob qildim.

Hozirgi o‘zbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha, forscha va turk-o‘zbekcha ismlar guruhlariga bo‘lish mumkin. Afsuski, ular ichida eng g‘aribi, eng kam uchraydigani – chin o‘zbekcha ismlardir. Keyingi paytlarda esa ularning soni yanada, keskin kamayib bormoqda. O‘z farzandini o‘z tilidagi ot bilan atashga or qiladigan o‘zbekday millat bo‘lmasa kerak.

Shuningdek, o‘zbek ismlari ichida aralash: arabcha-o‘zbekcha (Alloberdi), forscha-o‘zbekcha (Gulyuz), forscha-arabcha (Dilmurod) ismlar ham juda ko‘p.

Ma'lumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi islomiy bo‘lishi kerak, degan aqida ta'sirida sof turkiy ismlar qo‘yish udumi o‘rta asrlardayoq taraqqiyotdan to‘xtagan. O‘tmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili, adabiyot tili bo‘lib kelganligi uchun forscha ismlar bundan turk ismlariga nisbatan kam ziyon ko‘rgan. Shunday bo‘lsada, o‘tmishda ajdodlarimiz chin o‘zbekcha ism qo‘yish udumini saqlab kelishgan. Ammo bugungi kunda, o‘zbek tili arab, fors tillari ta'siridan ancha mustaqil bo‘lgan bir paytda, chin o‘zbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi avlod farzandiga seriallarda ko‘rgan biror qahramonning qulog‘i yoqtirgan ajnabiy, ma'nosini o‘zi ham tushunmaydigan ismini ravo ko‘rishi mumkin, ammo o‘zbekcha ism qo‘ymaydi. O‘zbekcha ism go‘yoki eskilik sarqiti, “modnыy” emas.

Xullas, men ancha yillardan beri o‘zim bilgan, eshitgan, manbalarda duch kelgan chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib kelayotgan edim. Rahimjon Rahmatning gapi bilan uni e'lon qilib ko‘rsammi, deb o‘yladim. Albatta, bu ish hali chala, ancha to‘ldirilishi kerak, ehtimol, bir kun uni kitob holiga keltirish mumkin bo‘lar. Eslatib o‘taman, ushbu ro‘yxatga aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay turkiy (Tangriberdi) ismlar kiritildi. Agar sizga ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan, siz yashaydigan hududda uchraydigan shu kabi chin o‘zbekcha otlar (albatta ular juda ko‘p) ma'lum bo‘lsa, ularni izohda yozib qoldirsangiz, buning uchun oldindan o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. (Iltimos, faqat sof o‘zbekcha (turkiy) ismlarni taklif qilsangiz).

Abduvohid Hayit


ChIN O‘ZBYeKChA OTLAR

A
Abray
Adashboy
Akaboy
Alp
Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)
Alpomish
Alptegin (G‘aznaviylar davlati asoschisi)
Alper
Arslon
Attila
B
Bayram (+ali. Ali – arabcha)
Balqiya
Barchin (Ma'nosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lug‘otit-turk” ind.57)
Bahodir
Begi
Begimoy
Begoyim
Begimqo‘l
Bek
Bektosh
Beybars (Mamluklardan birining oti)
Bekbo‘ta
Bektemir
Bektursun
Bekqul
Bekcha
Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti)
Berdi, Berdibek
Berkin
Bibi
Bibixon
Bibish
Bilga
Bobobek
Boboqul
Boybek
Boybo‘ri
Boyir
Boykeldi
Boysun
Boysari
Boysung‘ur
Boyqobil
Bolabek
Bolibek
Bolqiboy
Bolbuvi
Bolta
Botir
Bosim
Boshbek
Burxon (arabcha “burhon” emas, qadimgi turkiydagi “burxan”, “burqan”)
Burgut
Bo‘ri
Bo‘rivoy
Bo‘ritosh
Bo‘ron
Bo‘ta
V
G
Go‘zal
D
Dadaxon
Dengiz
Ye
Yetmishboy
Yo
Yovqoch (Jovqoch)
Yovqochdi
Yozi
Yozibek
Yolqin
Yorqin
Yorqinoy
Yomg‘ir
J
Jaylov
Jovli
Jongil
Z
I
Ilash
Ilgiz
Ilg‘or
Inju
Inoq
Ipak
Y
Yo‘ldosh
Yo‘lbars
Yo‘lchi
Yo‘lyaxshi
Yigitali (-ali – arabcha)
K
Katta, Kattabek
Kattabuvi
Kengboy
Kenja
Ketmon
Kiyik
Kimsan
Kimsanboy
Kultegin
Kunduz
Kunsuluv
Kuntug‘mish
Ko‘klamboy
Ko‘paysin
Ko‘rkli
Ko‘chakboy
Ko‘char
Ko‘chim
Ko‘chimxon
Ko‘kalp
L
Lochin
M
Mayram
Mangu
Manguberdi
Meli
Meliqo‘zi
Mengbo‘ta
Mengir
Mengli
Menglixon
Momoxon (Momoxol: “xol” – forscha)
Momobuvi (bibi)
Munchoq
N
O
Oybalqi
Oybarchin
Oybek
Oybeka, Oybika
Oybibi
Oyday
Oydin
Oyimxon
Oysara
Oysuluv
Oytosh
Oyto‘la
Oychechak
Oychuchuk
Oyxon
Oyxonim
Oyqiz
Olmaxon
Olmos
Oltiboy
Oltin
Oltmishboy
Olg‘u (“Olg‘u Chig‘atoyning nabirasi tutur”. Abulg‘oziy. Shajarayi turk. 89-bet)
Onaxon
Oppog‘oy
Orol
Ortiq
Otabek
Otaboy
Otaxon
Ochil
Ochildi
Oqboy
Oqin
Oqbilak
Oqqiz
Og‘abek
P
Pamuq
R
S
Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud G‘aznaviy otasining oti)
Saljuq
Sanjar
Sariboy
Sarimsoq
Sevar
Sevara
Sevgi
Sevinch
Sotvoldi, Sotiboldi
Sog‘inch
Suzuk
Suluv
Suyun
Suyunbek
Suyunbeka
Suyundiq
Suyunch (Shayboniyxon o‘g‘lining ismi)
Suyanch
Suyar
Suyarqul
Suqsur
T
Tangriberdi
Tangribek
Tanishbek
Tarag‘ay
Tarxon (Tarkan)
Tegin
Tegina (Teginabegim)
Tesha, Teshavoy
Tilov
Tilak
Tinibek
Tirkash
Toymas
Tolmas
Tongotar
Tosh
Toshbolta
Toshbuvi, Toshbibi
Toshtemir
Toshto‘xta
Toshqin, Toshqinboy
Tog‘ay
Tog‘boy
Tugal
Tuyma, Tuymaboy
Tuyg‘u
Tuman
Turat
Turdi, Turdibek
Turkonbegim
Turon
Turg‘un
Turg‘unboy
Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354 yili Temurbek, 18 yoshida, Turmish oqaga uylangan)
Tursun, Tursunboy
Tursunoy
Tug‘luq (Tug‘li, Tuxli)
Tug‘rulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)
Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti).
To‘ychi
To‘la
To‘lagan
To‘lg‘on
To‘lg‘onoy
To‘lqin
To‘lish
To‘ra, To‘raqo‘l
To‘ti
To‘xta
To‘xtaboy
To‘xtavul
To‘xtasin
To‘xta
To‘qal (Amir Temurning ayoli)
To‘qsuluv
To‘g‘ri, To‘g‘ribek, To‘g‘riboy
U
Uzoq
Uyto‘l, Uyto‘loy
Uyto‘la
Ulanboy
Ulash
Ulkan (Ilgari ayollar oti)
Ullibibi
Ulbo‘lsin
Ulug‘bek
Ulug‘berdi
Ulug‘boy
Ulug‘xon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi to‘rtinchi hukmdorining ismi. (1265—1287) G‘iyosiddin Balban)
Ulg‘ay
Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi turkiyda “umid” ma'nosida “umdu”, “umunch” so‘zlari bo‘lgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” – umidlandim)
Unsin, Unsinoy
Uchqun
F
X
Xontemir
Xonkeldi
Xonbibi
Xoqon
Ch
Charos
Chag‘ribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti. “Chag‘ri” eski turkman tilida “lochin”)
Chaqir
Chechak
Chinni (Chinnixol, chinnigul)
Chingiz
Chinni
Chiroy
Chuchuk
Cho‘li (Cho‘lli)
Cho‘yan
Sh
Shodlik
Shaymanboy
Shunqor
E
Egamqul
Egamberdi, Egambergan
Egiz
Elbek
Elkezar
Elsevar, Elsuyar
Eltuzar
Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi
hukmdorining ismi. (1211—1236)To‘liq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)
Elxon
Elchi
Enaxon
Enaqiz
Epkin
Eralp
Eran
Erbek
Ergash
Erbek
Erboy
Erka
Erkin
Erkli
Erto‘g‘rul
Erqul
Esirgap («Sergamoq» fe'lidan)
Eshbek
Eshboy
Eshbo‘ri
Eshqul
Eson
Yu
Yulduz
Yurtsevar
Ya
Yayra
Yangiboy
Yanglish
Yarash
Yarlaqab
Yashar
Yashnar
Yashin
O‘
O‘daboy
O‘zbek
O‘zbegoyim
O‘ktam
O‘lmas
O‘ljaboy
O‘ljoy
O‘lmas
O‘lmasoy
O‘nar
O‘ngboy
O‘ngal
O‘ngar
O‘rin
O‘rinboy
O‘rol
O‘roz
O‘roq
O‘rmon
O‘rxon
O‘sar
O‘skan
O‘ta
O‘tagan
O‘tanbek, O‘tanboy
O‘tkir
O‘g‘iloy, O‘g‘ilxon
O‘g‘ilcha
O‘g‘lon
O‘g‘uzbek (O‘g‘uzxon)
O‘qtoy
Q
Qaytmas
Qaldirg‘och
Qambar
Qamchi, Qamchibek
Qarol
Qarshi, Qarshiboy
Qarg‘aboy
Qashqir
Qizlarbegi
Qizlarbibi
Qizlarxon
Qilich
Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)
Qirmiz
Qirchechak
Qirg‘izboy
Qobil (Qobilxon – Chingizxonning bobosi)
Qozoqboy
Qoplon
Qoravoy
Qorasoch
Qoracha
Qoraqul
Qoryog‘di
Qorjov
Quvnoq
Quvonchbek
Quvondiq
Quyosh
Qultoy
Qumri
Qunduz
Quroqboy
Qutlug‘
Qutbuka
Qutlibeka (Qutlug‘beka)
Qutluqqiz
Qo‘zi, Qo‘ziboy
Qo‘yli
Qo‘ysin
Qo‘ldosh
Qo‘lli
Qo‘ralay
Qo‘rqmas
Qo‘sh(sh)a
Qo‘shoq
Qo‘chqor
G‘
H
Hulkar

@Tuzuvchi Abduvohid Hayit

Tag‘in o‘qing
4 mart 2020
Milliylik bilan assotsiatsiya uyg‘otadigan yana bir atribut — paxta guli tushirilgan choynak-piyola. Bu choynak-piyola dizayni o‘tgan asrning 60-yillarida ishlab ...
19 sentyabr 2024
Amerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) ...
29 iyun 2018
«Nonkesar» nonni bo‘laklarga ajratish bilan band, yonida sut chelagi va yana allambalo narsalar… «Yo‘qot ashqol-dashqolingni! Tezlat, jallab! Nega immillaysan, ...
20 sentyabr 2018
Qirg‘izistonda jinoiy ishlarda ko‘p qo‘llanilib siyqasi chiqqan, ekstremizm alomati bo‘lgan videomateriallar, broshyura, kitob saqlash bo‘yicha yuzlab ayblov hukmlari chiqarilmoqda, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...