Video
28 mart 2023

Saidaning bombasi

Toshkent markazidagi muzeyda Rauf Parfi haykali tantanali ochilgani va Karimov davrida xor zor bo‘lgan Cho‘lpon portreti namoyish qilingani haqidagi xabar poytaxt bomondi shuurida bomba kabi po‘rtilladi.

Makarenko¸ Aziza Umarova¸ Umida Haqnazar¸ Anora Sodiqova kabi tarmoq yulduzlari bu haqda yozishdi.

Mashxur inqilobchilar oilasining kenja vakili Nodira Hidoyatova esa bu voqeani o‘zaro suhbatda inqilobiy deb baholadi.

Tadbirga mezbonlik qilgan muzey rahbariga rahmat.

Lekin ko‘rgazma ochilishi kuniga taqab zudlik bilan Nyu Yorkdan qaytarib kelingan «Buxoroning bombalanishi» asarining oxirgi minutda muzey xodimlari tarafidan taqiqlanib namoyishiga izn berilmagani esa atom bo‘mbasi po‘rtillagani kabi rezonans berdi.

Bu xuddi Xrushchev davrida rassom asari ustidan buldozer yuritgan kabi edi.

«Buxoroning bo‘mbalanishi» asari muallifi Vyacheslav Oxunov muzeyning bu taqiqidan keyin miltiq ko‘targan rasmini tarmoqqa qo‘yib. Ay yay yay dedi.

Rassomning 35 yil oldin chizgan asaridan nega mulozimlar qo‘rqib qaltirab ketdi?

Xolbuki Vyacheslav Oxunovning bu asarini Nyu Yorkdan O‘zbekistonga keltirilishiga O‘zbekiston prezidentining qizi, Saida Mirziyoeva bosh qosh bo‘lgan edi.

75 yashar rassom 10 soatlik parvoz mashaqqatini zimmasiga olib Nyu Yorkka uchib uch kun ichida bu rasmni topib 27 mart kungi tadbirga yetkazish uchun yana 10 soat uchib asarni o‘z vataniga qaytarib olib kelgan edi.

Bu xayrli ishni qilishga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi¸ O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi¸ O‘zbekiston madaniy meros agentligi¸ San'at va madaniyat jamg‘armasi va O‘zbekiston havo yo‘llari shirkati hissa qo‘shgan edi.

Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyida Van Gogning million dollarlik rasmlari qanday avaylab saqlanayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Saida Mirziyoeva o‘zbek rassomining oldiniga London keyin esa Nyu Yorkka borib qolgan asari o‘zbek muzeyi hazinasida turishini istadi.

BMT minbaridan gapirganida orol fojeasini Nukusdagi Savitskiy muzeyidagi kartinalar bilan taqqoslab gapirdi.

Eng muximi esa gapdan amaliy ishga o‘tib o‘zbek rassomi asarini Amerikadan qaytarilishiga yordam berdi.

Buning nimasi yomon? «Saidaning mutaxassisligi nima o‘zi? Nega u san'at sohasiga aralashadi» deb savol qo‘yayotganlarga vstrechniy savol bersam.

Xo‘sh san'at sohasini bilgan¸ san'atshunoslik sohasida doktorlik yoqlagan mulozimlar nega dunyoga mashxur rassom asarini ko‘rgazmaga qo‘yishdan ham qo‘rqdi.

Xo‘sh bular shunday aqlli bo‘lishsa nega o‘tkan 15 yil ichida muzeydagi 200dan ortiq asar yo‘qoldi?

O‘zbekiston muzeychiligi tarixida asarlarning mamlakatga qaytariishini boshlab bergan shaxs prezident qizi bo‘lib chiqsa bunga qarshilik qilish kerakmi?

Masalan cho‘kayotgan odamni professional g‘avvos emas aytaylik prezident qizi qutqarsa u odamni yana cho‘ktirib yuborish kerakmi?

Erinmagan banda Saidani Gulnoraga o‘xshatib qotib kuldi.

Ammo bitta muxim farq bor. Gulnora O‘zbekistondagi kartinalarni o‘marib chetga olib chiqib ketgan edi.

Saida esa bu asarlarni qaytarishni boshladi.

Mana svejiy misol. «Buxoroning bombalanish» asari va «Cho‘lpon» portreti davlat muzeyiga qaytdi.

O‘zbekiston degan davlatni tuzgan oila mansubi Michigan unversiteti professori Temir Xo‘ja aka bilan shaxsan uchrashib¸ Temir akaning otasi Usmon Xo‘janing jadid g‘oyalarini qo‘llab quvvatlab dunyoda birinchi jadidlar muzeyini Buxoroda ochish kabi bomba g‘oyani amalga oshirayotgan ham.

Bombaubejishshega berkinaylikmi endi?

Qotib qolgan zehniyat taraqqiyot yo‘lida g‘ov bo‘layotgan bo‘lsa buni qanday bartaraf qilish uchun nechta saidalar kerak?

Tog‘larni teshib tunnel qazish uchun dinamit bilan po‘rtillatiladi.

Boshqa yo‘li yo‘q buni. Qotib qolgan zehniyatni ham bomba bilan po‘rtillatib o‘zgartirish mumkin.

Rossiya liberal zehniyatiing atoqli namoyondasi marxuma Valeriya Novodvorskaya «Ba'zan joxillarning esini yig‘ib olishi uchun bomba po‘rtillatish» lozimligini aytgan edi.

To‘g‘ri aytgan. Kesmaguncha qon chiqmaydi. Jaxolat toshini sindirish uchun dinamit kerak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2024
O‘zbekistonda  litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta xususiy oliy ta'lim maskani litsenziyasi bekor qilindi. Oliy ...
25 avgust 2021
Bu Silivri shahri. Terrorchilar saqlanadigan qamoqxona joylashgan bu shahar Turkiyaning Ovrupa qismida joylashgan va uning qirg‘oqlarini Marmara dengizi suvlari ...
31 oktyabr 2018
O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat aholisi va korxonalarining inflyatsiya kuchayib borayotganidan xavotiri oshayotgani haqida ma'lum qildi. MBning joriy yilning 3-choragi ...
12 aprel 2016
Tez-tez xorijga chiqib turadigan fuqaroni profilaktika inspektori tibbiy komissiyadan o‘tishga majburlaganiga oid masalani o‘rgangan «Adolat ko‘zgusi» gazetasining yozishicha, militsiya ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...