Dayjest
12 sentyabr 2023

Rassom Tuz: Baxt uchun million

(Bir to‘y haqida o‘y)

Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni Munisa Rizaevaning o‘zi o‘n yildan ko‘p vaqt xalqning to‘yu tomoshasida qo‘shiq aytib topdi.

Kuyov ham alfons emas. Kriptovalyuta tujjori. Xarajatdan qochadigan qurumsoq qori ishkamba emas. Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ich. Osh bo‘lsin.

Bir nospurush to‘y qiganda aytgan ekan: “o‘zingizni pulingiz¸ o‘zingizni kulingiz,” deb

“Shu pulni Afrikadagi ochlarga ber” demayman. Birovni puliga xo‘jayinchilik qilish, birovni cho‘ntagidagini sanash – xunuk va yaramas odat.

Men jadid o‘gitiga amal qilib, to‘ylarni keraksiz, deb kelaman. Ammo har qoidaning istisnosi bor.

To‘y muhtasham va mukammal bo‘ldi. Dabdabali, ammo bachkana va kitch emas. Qimmat! Chunki yaxshi narsa qimmat bo‘ladi.
Shu narsaning narxi shuncha!!

Agar to‘yni janr deb olsak Munisaning to‘yi shu janrda yaratilgan shoh asar bo‘ldi.
Hind kinolari uslubida “xina yoqish” (“qiz yig‘ini”) o‘tkazildi.
Asosiy to‘y esa Oskar mukofoti beriladigan marosim bilan shoh davridagi Eronning nikoh to‘ylarida bo‘lan dabdaba va as'asaning uyg‘unlashgan varianti bo‘ldi.

To‘ylarda kelin salom aytaverib og‘zi qavarganlar Munisaning to‘yida master klass ko‘rsatdi.

Farrux Zokirov aytgan “chinnuri” cherkov tomidagi qo‘ng‘iroq sasi kabi to‘y aktsentini belgiladi.

Munojot Yo‘lchieva va Shabnamiy Surayyo xonishlari manzarani yakunladi.

Eng muhimi to‘yda erkinlikning samimiy ruhi qadriyatlarga uyg‘un tarzda ko‘rindi.

Zolushka ertagidagi omadli qiz kabi sahnadan “o‘sib chiqqan” kelin Munisani otasi qo‘lidan yetaklab “egasiga topshirdi”.
Bu – noyob sahna. Chunki aksar to‘ylarda otaning o‘rni ko‘rinmaydi. “Ona” ortiqcha chuchmal ulug‘lanadi.
To‘y davomida Munisa uch marta kelin kuynagini almashtirdi.

Har bir kuynak libos dizayni bo‘yicha rassomning takrorlanmas asari.

Tort kattagina edi, ammo ortiqcha jimjimador emas.
To‘ydagi sharoblar yil oshgan, yemaklarda xolestrin oz bo‘ldi.

To‘y finalida kelinning “gul uloqtirish” sahnasi ham mukammal.

Gulni ilib olgan qizning baxti ochilishiga inondim.
Umuman, puli ko‘plar mukammal to‘y qilmoqchi bo‘lsa, Munisaning to‘yidagi rituallardan etalon o‘laroq foydalansa bo‘ladi.

Kuyov bo‘lmish boshlari oftob Arslonboy oqo‘ris bo‘lsa ham oyoqlariga sharafli Ukrainaning muzaffar timsolini tatu o‘laroq igna bilan o‘ydirgan.

Munisa ham, boshqa million million o‘zbek qizlari kabi, to‘yi bo‘lishini istagan edi va bu istakka erishdi.

O‘zi tirishib-tarmashib, kuyib, o‘lib, tirilib, turklar aytmoqchi, bu baxtni “haq etdi”.

Heyterlar haqida

Bir paytlar bozordagi hojaka zoti bo‘lsa Munisani “chig‘ib ketgan” videosini oldin shahvat bilan ko‘rib keyin la'natlagan edi.

“Videosi chig‘ib ketgan” Munisa bir ma'noda jamiyat tarafidan sazoyi ur kaltak qilingandi.
Hatto anjanlik transvistit ham Munisaga tosh otib sazoyiga qo‘shiluvdi.

Temirchilar yaxshi biladi. Sifatli metall o‘tga kirib keyin suvga solinsa, toblanib po‘latga aylandi.
Sifatsiz metall esa yo o‘tda yonib kul bo‘ladi yo suvga solinganda kukunga aylanib ketadi.

Munisa konservativ qadimchilar, avrat qorovullariyu ampatrullar jamiyatida tirik qoldi.

Kechagi to‘y shu tiriklikka alyordir.

Birovnnig yaxshi kunini ko‘ra olmay “yaqinda ajrashadi, mana ko‘rasizlar” degan gaplar yoki “eri kal, o‘zi qari” degan fisqu fasod mavjudligiga ham normal qarayman.

Kap kata erkaklar: “pardasi teshilgan, qon chig‘madi” deb, o‘tirgani jirkanch ko‘rindi.

Sen barmog‘ingni tiqib ko‘rganmiding.

O‘zi shu uchburchak narsadan boshqa gapga ham aqling yetadimi?

Hasad, ko‘rolmaslik doim bo‘lgan va yana bo‘ladi.

Chekka qishloqning eng chekkasidagi qiz kelin bo‘lsa, uning dugonalari, hasaddan o‘t ichidagi soch tolasi kabi, jizg‘anak bo‘ladi.
Nega shu “g‘ar” erga tegdiyu men quruq qoldim deb tizzasini uradi.

Kinnachi, sehrchi, polvinu po‘rxonga borib kuyovni “sovutish” uchun energiya pul pora sarflaydi.

Nafrat moddiylashsa dahshatli ko‘rinish oladi.

Xorazmda kuyovning uyda o‘tirib qolgan singlisi kennayisining kelin kuylagi va boshqa “hay hay” liboslarini qaychi bilan g‘archillatib qiyib, maydalab tashagandi.

Bitta boldiz esa kennayisiga kaltakesakdan go‘mma qilib bergan. “Pes ochib ketsayu, akam uni haydab solsa” deb.

Tag‘in o‘qing
21 oktyabr 2015
Bir kun internetsiz yashadim. Yashasa bo‘lar ekanu, ammo juda qiyin, judayam qiyin. Kecha kechki payt ishdan kelib noutbukni yoqsam ...
14 dekabr 2015
Shu kunlarda, Ozodlik radiosi va boshqa bir qator saytlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab MXX, militsiya va mahalla faollari ...
27 iyun 2016
Teledayjestimizning bu galgi sonini oy oxirini kutmasdan e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. Chunki bu oyda Toshkentda «dunyoning eng qudratli ...
22 sentyabr 2023
RT: Aziz do‘stim. Ko‘zlari intizor singlim. Mehribon opajonlarim. Duogo‘y onaxonlar. Yuzidan farishta yoqqan otaxonlar, akalar, ukalar mana rassom akangiz va'z ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...