Rassom Tuz: ORDINARY FASCISM
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan.
Yigirma birinchi asrning yigirma uchinchi yili O‘zbekistonda yashaydigan Diyora Mingboeva ham Gitlerga oshiqlik kabi sharmandali evrilishga duchor bo‘libdi.
Diyora Mingboevaning Gitlerni maqtashi aslo so‘z erkinligi emas – bu O‘zbekiston jazo qonunida ko‘zda tutilgan jinoyat. O‘ylaymanki, tegishli organlar bu ruhiy besaranjom qizning aqlini joyiga keltirib qo‘yadi.
Umumiyatla o‘zbek blogosferasi, OAV hamda diniy voizlar ichida tarqalgan fashizm, irqchilik, ksenofobiya va antisemitizm epidemiyasiyaga qarshi jamiyat emlanmasa oxiri voy bo‘ladi.
Ilm va mantiq yo‘q yerda nafrat va yolg‘on cho‘pchaklarni naqorat kabi yod olgan zombilar kanaday urchib millat taraqqiyotini xatar ostida qo‘yadi.