Ko‘zqarash
15 noyabr 2023

Rassom Tuz: Suriyaga borib qolgan ayollar vaziyat qurbonimi?

Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli.

Moskva, Seul, Istanbul va Pragada diniy fanat o‘zbek ayollarining ham onlayn, ham oflayn klublari bor. Ular ongli ravishda o‘zlari nazaarida to‘g‘ri deb bilgan g‘oya uchun o‘lishga, o‘ldirishga yoki mujohid erkaklarga xotin bo‘lishga tappa-tayyor.

Shu ma'noda ularni «bilmasdan Suriyaga borib qopti» deb xaspo‘shlash noto‘g‘ri.

Yunisefning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade gazeta.uz-ga bergan intervyusida Suriyadagi lagerlarda yana ikki yuzga yaqin o‘zbekistonlik bola va xotinlar vataniga qaytarilishini kutayotgani haqida bildirdi.

Mamedze nazarida Suriyadagi jangarilar safida urushgan o‘zbekistondik erkaklarning bolalari va ayollari vaziyat qurbonidir.

Mamadzening bu gapi qisman to‘g‘ri. Bolalar – vaziyat qurboni hamda vaziyat hosilasi.
Ammo yoshi 18dan oshgan, ko‘p hollarda oliy ma'lumotli xotin-qizlarning uchta-to‘rtta davlat oshib, Suriyadagi jang maydonida ular ta'birida, «kofirlarni o‘ldirish uchun» ketishi bu ularning anglangan siyosiy qaroridir.

Bu qaror uchun ular zimmasida katta mas'uliyat bor. Bu holda ularni «bilmasdan odam o‘ldirib qo‘yibdi» deyish huquqiy nigilizm tupigini hosil qiladi.

O‘zbekiston 2019 yildan boshlab o‘tkazilgan “Mehr” deb nomlangan beshta amaliyot doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 531 nafar ayol va bolani O‘zbekistonga qaytargan edi.

Eltuz tasarrufidagi ma'lumotga ko‘ra katta byudjet puli evaziga qaytarilgan xotinlardan ba'zilari aylanma yo‘llar bilan Misrga borib, diniy fanatizmga fidokorlikni davom qildirmoqda.

Bukrini go‘r tuzatadi. Bu shunchaki o‘zbek maqoli.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2018
“Hyuman rayts uotch” xalqaro tashkiloti O‘zbekiston hukumatini siyosiy mahkumlarni ozod qilishni davom ettirish, ozodlikka chiqarilganlarining reabilitatsiya qilinishini ta'minlashga chaqirdi. ...
16 sentyabr 2020
Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Asli ...
25 sentyabr 2015
– Dunyoda ikki yuzdan oshiq davlat bor, deyarli barchasida tinchlik, sanoqli davlatlardagina ma'lum sabablarga ko‘ra notinchlik xolos. Yurtimiz yuz ...
21 dekabr 2017
18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) guruhi O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov oilasiga tegishli ko‘chmas mulklarga oid maqolani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...