Ko‘zqarash
15 noyabr 2023

Rassom Tuz: Suriyaga borib qolgan ayollar vaziyat qurbonimi?

Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli.

Moskva, Seul, Istanbul va Pragada diniy fanat o‘zbek ayollarining ham onlayn, ham oflayn klublari bor. Ular ongli ravishda o‘zlari nazaarida to‘g‘ri deb bilgan g‘oya uchun o‘lishga, o‘ldirishga yoki mujohid erkaklarga xotin bo‘lishga tappa-tayyor.

Shu ma'noda ularni «bilmasdan Suriyaga borib qopti» deb xaspo‘shlash noto‘g‘ri.

Yunisefning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade gazeta.uz-ga bergan intervyusida Suriyadagi lagerlarda yana ikki yuzga yaqin o‘zbekistonlik bola va xotinlar vataniga qaytarilishini kutayotgani haqida bildirdi.

Mamedze nazarida Suriyadagi jangarilar safida urushgan o‘zbekistondik erkaklarning bolalari va ayollari vaziyat qurbonidir.

Mamadzening bu gapi qisman to‘g‘ri. Bolalar – vaziyat qurboni hamda vaziyat hosilasi.
Ammo yoshi 18dan oshgan, ko‘p hollarda oliy ma'lumotli xotin-qizlarning uchta-to‘rtta davlat oshib, Suriyadagi jang maydonida ular ta'birida, «kofirlarni o‘ldirish uchun» ketishi bu ularning anglangan siyosiy qaroridir.

Bu qaror uchun ular zimmasida katta mas'uliyat bor. Bu holda ularni «bilmasdan odam o‘ldirib qo‘yibdi» deyish huquqiy nigilizm tupigini hosil qiladi.

O‘zbekiston 2019 yildan boshlab o‘tkazilgan “Mehr” deb nomlangan beshta amaliyot doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 531 nafar ayol va bolani O‘zbekistonga qaytargan edi.

Eltuz tasarrufidagi ma'lumotga ko‘ra katta byudjet puli evaziga qaytarilgan xotinlardan ba'zilari aylanma yo‘llar bilan Misrga borib, diniy fanatizmga fidokorlikni davom qildirmoqda.

Bukrini go‘r tuzatadi. Bu shunchaki o‘zbek maqoli.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot pasha viz-viziga o‘xshash shovqinlari ...
18 may 2017
O‘zbek matbuoti prezident Mirziyoevning tovuq va tuxum siyosatini ulug‘lashda davom etmoqda. Hususan «Milliy tiklanish» gazetasi (17.05) Toshloqdagi dehqon xo‘jaligi ...
14 yanvar 2023
RT: Bugungi juma va'zi qisqa bo‘ladi. MS: Navchun og‘o, so‘qishdingizmi yo? O‘din oz bo‘lsom gap ko‘p dar adila xonqolilo. ...
10 aprel 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...