Ko‘zqarash
10 avgust 2024

Rassom Tuz: O‘zbekistonda kezayotgan arvoh

O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi.

O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» degan so‘zdan ham qo‘rqmoqda.

Karimov davrida shoir Baxrom Ro‘zimuxammad o‘z she'rida O‘z TV ni dilbuzar degani uchun so‘t qilingan va tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlari terlab pishib Baxrom she'rlari tuzumga qarshi degan «xulosa» beruvdi.

Shundan keyin bu tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlardan iborat hay'at fotosuratchi Umida Axmedova tushirgan fotolarida O‘zbekistonni kamsitgan deb xulosa beruvdi.

Bu savodsiz¸ poraga bitirgan va tug‘ma ovsar tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlari yuqori nima zakaz qilsa shunday xulosa beraveradi.

Bu eshakmiya tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlari yaqin o‘tmishda antropolog olim Andrey Kubatinga qarshi xulosa berib qamatgandi.

Bularni katta ota enalari Qodiriyga qarshi ko‘rsatma bergan vatan xoinlari.

Xullas zamonning zayli bilan Tuxvatxo‘ja degan tujjor Ozodlik radiosini sudga berdi.

Tuxvatxo‘ja (Tuxmatxo‘ja bo‘sa kerak aslida) Anvarxo‘jaev Ultimo Group Limited kompaniyasi 2021 yilning 10 martida tashkil etilgan bo‘lib, oradan bir oy o‘tib, sirli ravishda «Qizilqumtsement» bilan 30 million dollarlik shartnomani imzolagan.

Bundaqa toipani Xorazmda » Ham atip¸ ham o‘tiradi» deydi.

Gazeta. Uz maqolasi:

Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e'lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud «Ozodlik» radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e'lon qilishga hamda ma'naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. «http://xn--80aahjj1e.uz/» sud majlislarida ishtirok etdi.

Gaz resurslari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited MChJning 50 foizlik ulushiga egalik qiluvchi tadbirkor va mazkur kompaniya direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jaev 2024 yil aprel oyida e'lon qilingan materiallar sabab «Ozodlik» radiosining o‘zbek tahririyati hamda uning jurnalisti Lazizxon Olimov (Aziz Nur) ustidan sudga da'vo arizasi kiritgandi.

Ish fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida sudya A. Rajabov raisligida ko‘rib chiqildi. 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida da'vogar Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jaevning advokati Davronbek Axmatov, uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan «O‘ztransgaz» AJning ikki nafar xodimi ishtirok etgandi. Birinchi sud majlisi haqida ushbu haqola orqali tanishish mumkin.

19 iyul kuni o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida «O‘ztransgaz» kompaniyasi vakillari so‘zga chiqib, Ultimo Group Limited Turkmaniston gazini «Qizilqumsement» kompaniyasiga sotganligini tasdiqladilar. Yetkazib berish uchun «O‘ztransgaz»ning magistral gaz quvurlari infratuzilmasidan foydalanilgan bo‘lib, u bilan «faqatgina tashish shartnomasi» imzolangani qayd etildi.

Gaz-transport kompaniyasi vakilining aytishicha, «O‘ztransgaz» tabiiy monopoliya sub'ekti hisoblanadi, shuning uchun «gazni tashish bo‘yicha shartnoma tuzishni rad etish mumkin emas, lekin texnologik imkoniyatlarni hisobga olish kerak».

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashish tariflari bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov raisligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumatlararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, u 2021 yilning kuz-qish mavsumida ko‘plab sanoat korxonalarining ishga tushirilishi va «so‘nggi yillarda qurilish hajmining 30−40 foizga oshishi» fonida gaz tanqisligi yuzaga kelganini ma'lum qildi. «O‘ztransgaz» vakilining aytishicha, qishda tsement zavodlari gaz yetishmasligi sababli to‘xtab qolgan, biroq «Qizilqumsement»ning Tashkent City loyihasi tashabbuskorlari oldidagi majburiyatlari bor edi, uni amalga oshirish uchun xomashyo kerak bo‘lgan. Ta'minot uzilgan taqdirda jarima nazarda tutilgan.

Uning eslatishicha, «Qizilqumsement» Ultimo Group Limited kompaniyasidan gazni 1000 so‘mdan sotib olgan — xuddi shunday tarif uchinchi toifadagi iste'molchilar uchun ham amal qilgan.

Mutaxassis, shuningdek, «O‘ztransgaz» Ultimo Group Limited'ga gaz importi uchun to‘lamaganini ta'kidladi.

29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yig‘ilishda tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlari ishtirok etib, tergovda bildirilgan fikrlarga baho berdilar.

Ular «arvoh» «o‘rtakash» «yashirin faoliyat» va boshqa so‘zlarni hamda kontekstni baholadilar. Da'vogar tomon, shuningdek, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazidan xulosa olib, kompaniyaning ishchanlik obro‘siga, ta'sischining sha'ni va qadr-qimmatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan yuqoridagi va boshqa epizodlarni ham ko‘rsatib o‘tdi.

Majlis yakunida Abduqodir Rajabov raisligidagi sud Ultimo Group Limited va Tuhaftxo‘ja Anvarxo‘jaevning da'vosini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi va «Ozodlik» radiosiga raddiya e'lon qilib, ma'naviy zarar uchun 100 mln so‘m kompensatsiya to‘lashni yukladi.

Ma'lumot uchun, Ultimo Group Limited kompaniyasi 2021 yilning 10 martida tashkil etilgan bo‘lib, oradan bir oy o‘tib, «Qizilqumtsement» bilan 315 milliard so‘mlik (30 million dollarga yaqin) shartnoma imzolagan.

Tag‘in o‘qing
11 avgust 2021
“Xiva shahri – turk dunyosi poytaxti” dasturi doirasida Turkiyaning Nevshehir viloyati hududida joylashgan O‘rtahisor yoki boshqa nomi Kapadokiya shaharchasida ...
10 aprel 2018
Kanadada yashovchi Ulug‘bek Ashur shu bugungi kunda turli qora ishlarga majburlanayotgan o‘qituvchilarga atab yangi qo‘shiq kuyladi. «Eltuz» nashri studiyasi ...
8 fevral 2021
O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani “O‘zbek malikasi” deb atashardi. U estrada xonandasi, moda va zargarlik buyumlari bo‘yicha ...
29 iyun 2018
O‘zbekiston hukumatining muttasil buzish va qurish ishlari tufayli tarixiy qimmatini yo‘qotgan Shahrisabz yodgorliklari iyun oxirida e'lon qilinadigan YuNYeSKO qaroriga ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...