Kundalik
23 oktyabr 2015

Og‘rigan jonim…

Akmal Nabiev
Eltuz.com

Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin dildan, xolis turib. Maqtovni o‘zim ham yoqtirmayman, o‘zgalarni ham maqtab ketavermayman, qandaydir noqulay, ko‘proq tanqidiy fikr bildirardim. Shu sabab kimlarnidir tanqid qilib qo‘yib «so‘zbo‘ron»ga qolib yurgan paytlarim yozgan ekanman. Hozir esim kirib qolgan, tanqid ham qilmay qo‘ydim, fikrimni ichimda aytib qo‘ya qolaman…


Charchadim. Sog‘ligimni yo‘qotdim, og‘rimagan jonim qolmadi, dardning eng kattasi yurakka yetgan ozorlar…

Umr kurashlar bilan, ta'qiblar bilan o‘tmoqda. Ammo afsus qilmayman, bu o‘zim tanlagan yo‘l, meni kimdir shunday yashashga majbur qilmagan. Bundan boshqacha yashay olmasdim ham. Meni ta'qibu-qiynoqlar emas, befarq odamlar bezitdi, ikkiyuzlamachi odamlar bezitdi. Qaerni qarasang tilyog‘lamalik, yolg‘on, adovat…

O‘zi hayotda do‘stu-dushman yetarli, ular bilan kerak joyda hisob-kitob qilib ketilaveradi. FBdagilar esa…

Mana misol uchun, kimdir biror narsa yozadi, tagida fikr bildirish uchun katakchalar. Agar qarshi fikr bildirsangiz baloga qolasiz, Xudo ko‘rsatmasin , taniqliroq odamning yo‘lini kesib o‘tsangiz tug‘ilganingizga pushaymon yedirishadi.

Nima, ularga faqat maqtov kerakmi? Nima, ular uchun doimo masxarabozga o‘xshab olachipor kiyinib yurish kerakmi? O‘shandaqa johillar dastidan keyingi paytlarda taniqliroq odamlarning yozganlariga fikr bildirmay ham qo‘ydim, maqtaydiganlar mensiz ham yetarli, agarda bilmay noo‘rin yozib qo‘ysang boshlanadi taniqliga sodiqlar namoyishi. Xo‘p, siz bilan fikrim bir emas, ammo bu bir umrga dushman bo‘lib o‘tish degani emas-ku?! Tokay bir-birimizga adovatda yashaymiz?

Aslida shunday adovat, fitnalar bilan bir-birimizning umrimizga zomin bo‘layotgangimizni bilmaymiz. Ertaga biror sabab bilan dunyodan o‘tsang, ana unda ko‘r nomingga yog‘ilgan shirin so‘zu-marsiyalarni…

Odamlar, men sizlardan mehr-muhabbat, oqibat ko‘rgim keladi va sizlarga ham o‘shalarni qaytargim keladi. Va hech qanday shartsiz. Shirin yolg‘onlarsiz, qanday bo‘lsa shundayligicha, ro‘y rost, achchiq haqiqatlar bilan.

Doimo sog‘-salomat bo‘linglar.

Tag‘in o‘qing
14 noyabr 2018
Taniqli o‘zbek dissident adibi, 67 yashar Mamadali Mahmudov 13 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning «Gurung» loyihasi ...
20 yanvar 2017
Farg‘ona viloyatida xalq ta'limi va boshqa byudjet tashkilotlari xizmatchilari bug‘doy ekilgan dalalarga mahalliy o‘g‘it – go‘ng sochishga chiqarildi. «Tuman ...
23 avgust 2022
DXX Chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyatida Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Ularning ...
25 iyun 2020
Farg‘ona viloyatining Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ipak qurti boqqan kam ta'minlangan oilalar Mehnat vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan va'da ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...