Kundalik
25 oktyabr 2015

Rus politsiyasi qo‘lida nobud bo‘lgan go‘dak

Bugun dunyo matbuoti Rossiya migratsiya xizmati va politsiyasi ushlagan tojik oilasining olib qo‘yilgan besh oylik emizikli bolasi Umarali Nazarov o‘limi haqida yozmoqda.
Sankt Peterburgda migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan tojik oilasining emizikli bolasi olib qo‘yiladi. Ertasi esa ular farzandining o‘lgani haqidagi mash'um xabarni eshitishadi.

Chaqaloq yupun ahvolda bo‘lgani, och qolgani va o‘limidan oldin uzoq vaqt yig‘lagani aytiladi. Hozirda “ehtiyotsizlik sabab” bolaning o‘lgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘algan. Biroq, bu safar ham na jamoatchilik, na bolaning ota onasi aybdorlarning tegishli jazo olishiga ishonishmayapti.

Bu ham yetmagandek, jinoyatchilar qolib nobud bo‘lgan norasidaning jabrdiyda ota onasi – Rustam Nazarov va Zarina Yunusovalar bugun gumon ostiga olinmoqda. Ularga “bola tarbiyalash vazifasini bajara olmaganlik” aybini ilishga urinishlar bo‘lmoqda.

Ayni paytda Markaziy Osiyo va tojik diasporasining voqeaga munosabati turlicha. Xususan,”Tojikiston” jamg‘armasi raisi, “Migratsiya va qonun” huquq markazi raxbari Gavhar Jo‘raeva hamyurtlaridan “Rossiyani fashistlar mamlakati” deya ayblamaslik bayonoti bilan chiqqan.

Biroq, tojik diasporasi, Piterburglik huquq himoyachisi Yevgeniya Kulakovaning yakka o‘tkazgan piketi hisobga olinmasa, shusiz ham jim. O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkmanlardan iborat Markaziy Osiyo hamjamiyatining boshqa vakillari munosabati ham shunga hamohang.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2023
Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim ...
15 mart 2023
O‘zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo‘lgan Xo‘jaev siymosini tarixdan o‘chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani ...
10 oktyabr 2017
10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» ...
3 oktyabr 2015
Surxondaryo viloyatida Soliq Inspektsiya xodimlari oshxona va do‘konlarga kechasi soat 21:00 larda kirib korxona raxbarlariga do‘q qilib: «Agar ertagayoq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...