Kundalik
31 oktyabr 2015

«Endi biz, ochdan o‘lamizmi?»

Akmal Nabiev
Eltuz.com

Ukam, men ko‘pni ko‘rgan, siz eslasangiz kerak Tojikistonda bo‘lgan urushni. Men o‘shanda Dushanbeda bo‘lgan, bir tomonda «Shahidon», bir tomonda «Ozodi». Ikki tomonda ham musulmonlar bir-birini otgan, men ko‘rgan o‘sha dahshatli voqealarni.

Men kimga qo‘shilishim kerak edi? Ikki tomonda ham o‘zimning millatim edi-ku. Keyin men Dushanbedan ketgan uyimga, Ho‘jandga ketgan. Uyda ocharchilik edi. Bir burda nonga zor edi odamlar, makka unidan zog‘ora qilib yedik.

Hech esimdan chiqmaydi bir yarim yashar qizim «adajon, endi ochdan o‘lamizmi?» dedi. Men chiday olmadim, nimadir qilishim kerak edi. Uydan klarnet (surnay)imni olib O‘zbekistonga o‘tib ketdim, ko‘cha va bozorlarda chalib nonga pul topish uchun.

Chegaradan o‘tish ham qiyin edi, meni sozanda bo‘lganim uchun oson o‘tkazib yuborishardi o‘zbek chegarachilari (Tojikiston tomonda esa chegara deyarli nazoratsiz edi). Bir kuni bir kattaroq chegarachi menga «Jomadoningizdagi nima, ko‘rsating» dedi, men g‘ilofdan surnayni chiqargandim biroz shubhalanib» Agar sozanda bo‘lsangiz «Qaro ko‘zim»ni chalib bering-chi?» dedi.

Men surnayni sozlab chalib berdim, keyin nafaqat «Qaro ko‘zim» deyarli barcha o‘zbek mumtoz musiqalarini chala olishimni aytdim. Haligi amaldor menga rahmat aytib cho‘ntagimga pul solib ketdi.

Uka men tojik, o‘zbeklarning yaxshiligini ko‘rgan, shuning uchun kim o‘zbeklarni yamon desa urishaman. O‘shanda O‘zbekistonda bir kun surnay chalib pul topdim, qaytishda yigirmata non olib ketardim, xursand bo‘lib non sotib olgani ketayotsam bir yashroq bala men bilan so‘rashib «Siz klarnetchimi?» dedi, men «Ha qaerdan bildingiz?»deb so‘rasam, kulib turib qo‘limdagi klarnet g‘ilofiga ishora qildi.

U bola qo‘shiqchi ekan, meni o‘zi bilan to‘yga borishga taklif qildi, men uyga yigirmata non olib borishim kerakligi, oilam o‘sha non bilan keyingi borishimgacha tirikchilik qilib turishlarini aytdim. U bola menga yalindi, «Men sizga ertaga qirqta non olib beraman» dedi.

Xullas o‘sha kuni ular bilan Zominga to‘yga ketdik. To‘y zo‘r bo‘ldi, to‘ylar to‘yga ulanib bir hafta o‘shalar bilan qolib ketdim.

To‘yda ko‘p pul tushardi, tushayotgan pullar ham meni qiziqtirmasdi. Sizlar tomonda «Jaz» («Jiz» demoqchi) degan ofqat bo‘larkan, juda mazali, har og‘zimga olib borganda qizimning «Dadajon endi ochdan o‘lamizmi?» deb turgan holati kelaverardi.

Bir hafta ichimni it tirnadi, guruhdagi bolalar ahvolimni ko‘rib ko‘nglimni ko‘tarishga harakat qilishardi. Bir haftadan keyin qo‘shiqchi bola meni O‘ratepagacha tashlab qo‘yish uchun taksi gaplashdi, chegaradagilar bilan ham tanishchiligi bor ekan ortiqcha tekshirtirmay o‘tkazib yubordi.

Chegaraga yaqinlashganda qo‘shiqchi bolaga qirqta non haqida eslatsam kulib turib «Esimda, hammasini olganman» dedi.

Chegaraga yetib kelgach xayrlashayotganda mashinani orqasini ochib «Bu sizga guruhimiz nomidan sovg‘a» dedi, qarasam, ikki qop un, bir qop shakar bor ekan. Bilasizmi. bir burda nonga zor bo‘lgan odamlar uchun bu juda katta boylik edi.

Uyga kelsam onajonim unlarni ko‘rib sevinchdan yig‘lab yubordi. Keyin bir qop unni onamlarga berdim, o‘zim bir qop unni olib qoldim. Xuddi katta boylikdek yashirib qo‘ydik. Odamlarning uyida ikki kilo uni bo‘lsa bu katta narsa edi u paytlar, men esa ikki qop un olib kelgandim.

Shu bo‘yi bir necha yil o‘zbekistonlik san'atkorlar bilan to‘ylarda yurdim. O‘sha paytlarda bizning guruhda o‘rtakash bo‘lib yurgan bola hozir taniqli qo‘shiqchi (Shu yerida O‘zbekistonda taniqli bo‘lgan bir qo‘shiqchi nomini aytdi) bo‘lib ketgan. Meni aytsangiz taniydi, ko‘rsangiz salom aytib qo‘ying (Soddalik-da, men qaerda-yu taniqli qo‘shiqchi qaerda).

O‘qiganlar murodiga yetsin.

Tag‘in o‘qing
17 avgust 2021
Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarning O‘zbekistonga ta'sirini bunday izohladi: ...
5 fevral 2019
Bir vaqtlar qadimiy Rim saltanatining targ‘ibot-tashviqotchilari sifatida voizlar va faylasuflar imperiyaning ravnaq topishida katta hissa qo‘shgan. Aristotel va Suqrotning, ...
6 dekabr 2017
4 dekabr kuni Shvetsiyaning Stokholm shahrida O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov o‘zbek migrantlari bilan uchrashdi. Konsulning gapidan O‘zbekiston hukumatining ...
2 iyun 2017
1 iyundan mamlakat ichki bozorida GM Uzbekistan avtomobillari milliy valyuta – so‘mga sotiladigan bo‘ldi. Bu haqda shirkat raxbariyati 31 ...
Bloglar
18 yanvar 2022
Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda. 1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan ...
16 yanvar 2022
O‘zbekistondagi har bir mulozimning ichida bitta shoir, har bir shoirning ichida bitta mulozim yashaydi. Bu ...
10 yanvar 2022
O‘zini bir guruh faollar deb tanishtirgan guruh Eltuz telegram kanaliga yozib, quyidagi murojaatni chop qilishni ...