Dayjest
14 aprel 2016

Zulfiqor Musoqov nimadan kuyinadi?

«Huquq olami»da gazetasida e'lon qilingan intervyusida taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov «o‘zbek kinosining, aniqrog‘i, «O‘zbekfilm»da ishlangan ko‘pgina asarlarning hozirgi ahvolini… oxirgi 15 yilda do‘pposlanaverib, gangitib qo‘yilgan bolaga» qiyoslaydi.

«Nima uchun yoshlarda o‘zbek kinosida katta hodisaga aylangan «Abu Rayhon Beruniy», «Toshkent – non shahri», «Sevgi mojarosi», «Nodirabegim», «Ulug‘bek yulduzi», «Furqat», «Abu Ali ibn Sino», «Sayyod qo‘ng‘irog‘i», «Uchrashuv va vidolashuvlar», «Oy borib, omon qayt» va shu kabi 50 ga yaqin kinoasarlarni tomosha qilish imkoniyati yo‘q», deb yozg‘iradi rejissyor.

«Nima uchun bu filmlarni tushunib bo‘lmas sabablar bilan teleekranda ko‘rsatishmaydi. Gohida hayron qolaman, milliy telekanallarimizda kinoni umuman tushunmaydigan odamlar saviyasi juda past, avvalo, badiiylik nuqtai nazaridan ancha qoloq filmlarni bir soat sun'iy ravishda muhokama qiladi», deya kuyinadi Z.Musoqov.

So‘nggi yillarda o‘zbek kinosi ancha tanqidlarga uchrayotgani sabablari to‘g‘risidagi savolga rejissyor quyidagicha javob qaytargan: «Faqat bir narsaning – kinoda ijodiy muhitning yo‘qolgani, badiiylik o‘lchovi, sifat pasayib ketganining sababini aytishim mumkin: kinoning atrofidagi, kinoga kirib qolgan diletantlar, yovuz niyatlilar».

Z.Musoqov «oxirgi15 yil ichida tomoshabinning saviyasi zo‘ravonlarcha pastga tushirib yuborilgani»dan afsus bildirgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2024
Eltuzga ushbu maktubni ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navoiy viloyati hokimlari va boshqa mutasaddilarni tanqid qilgan bloger Dildora ...
5 fevral 2020
Xitoyning Uxan shahridan uchgan Uzbekistan Airways aviashirkati uchog‘ida kelgan 84 nafar yo‘lovchi 5 fevral kuni Toshkent aeroportida himoya vositalari ...
30 avgust 2024
Bosqinchiga yordam bergan yurtdoshlaringizni tanib oling RT: Mana hafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong ...
7 yanvar 2022
Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...