Kundalik
6 yanvar 2016

“Aybga iqror bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi o‘lgin!”

Aramays Avakyan va uning do‘stlari ustidan sud bugun soat 11 da, kutilmaganda boshlandi.

Sudlanuvchilarning yaqinlari sud boshlanishi haqida tasodifan bilishgan.

Kanadada yashovchi jurnalist Ulug‘bek Ashurovning olgan ma'lumotlariga ko‘ra, mahkumlarning yaqinlarini dastlab sud zaliga kirgazishmagan. Ular aks holda sudni qamal qilishlarini bildirishganidan so‘nggina ularni zalga qo‘yishgan.

“Erim ancha gavdalik edi. Shu darajada abgor holga solinganki, uni ko‘rganimda taniyolmay qoldim, hatto uning oldida kichkina bo‘lib ko‘rinadigan yigitlar ham endilikda undan jussaliroq ko‘rinishmoqdi”, – deydi Shirin Tursunova, sudlanuvchi Aramaysning turmush o‘rtog‘i.

Sud mahkumlarni tanishtirish bilan yakunlangan. Shirin Tursunova, mahkumlarning aybi yo‘qligini, sud hakamlari va tergovchilar ularning ko‘ziga qaray olishmaganini aytadi.

“Ularning qo‘lida o‘zlari turmadan uyushtirgan SMSdan, menga tegishli “Namozni o‘rganamiz” degan kitobchadan boshqa dalil yo‘q”, deydi Shirin.

Eslatib o‘tamiz, Eltuz ilgari xabar berganidek, Aramais Avakyan va uning 4 nafar o‘rtog‘iga “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish” (O‘zb.JK 159 modda) va “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish” (O‘zb.JK 2442 modda) kabi moddalar bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.

Voqealarni kuzatayotgan, Kanadada yashovchi kurnalist Ulug‘bek Ashurov, o‘z manbalaridan iqtibos keltirib, bugun mahkumlarni sud zalidan olib chiqishayotganida, Aramaysning onasi Flora Sakuns o‘g‘lining ortidan arman tilida “Aybga iqror bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi o‘lgin!”, deya qichqirganini aytadi.

Sud majlisi dushanba kuniga qoldirilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2018
Jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan birga davlat to‘ntarishida ayblanib sudlanayotgan tadbirkor Ravshan Saloevning advokati o‘z mijozini aybiga iqror bo‘lishga va ...
25 oktyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 10-qismida muxbir undan o‘z ota-bobolari tarixi haqida so‘raydi. Video: ...
15 fevral 2024
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimi G‘olib Shodiev ayni istititut raxbariyatini korruptsiya va nepotizmda ayblamoqda. Biroq uning arizasi va unda keltirilgan faktlar yuzasidan ochilgan jinoyat ...
21 yanvar 2019
Zeromax kompaniyasining sobiq rahbari Mirodil Jalolovning ozodlikka chiqarilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga rasmiy tashrifiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...