Dayjest
21 aprel 2016

Operatsiya uchun pul olgan shifokor qo‘lga tushdi

«Adolat» gazetasi pichoqdan jarohat olgan fuqaroni operatsiya qilgan shifokor bemorning yaqinlaridan pul olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida yozdi.

Ma'lum bo‘lishicha, shifoxonaning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi jarrohi bemorning yaqinlaridan avval 50 ming so‘m pul olgan. Keyin esa bu juda kam ekanligini aytib, yana 100 ming so‘m berishni talab qilgan.

Bemorning yaqinlari bu ta'magirlik yuzasidan prokuraturaga murojaat etgach, jarroh pora olayotgan paytida qo‘lga olingan.

O‘zbekistonda hozir barcha shifoxonalarda «qo‘l uchi» berilmasdan ish bitmasligini hisobga olganda, agar vrachu hamshiralarning hammasini jazolayverishsa, ertaga bemorlarga qaraydigan hech kim qolmaydi-ku, degan xavotir keladi ko‘ngilga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 dekabr 2018
O‘zbekistonda dori-darmon savdosi eng daromadli sohalar qatorida qolayotgan bir paytda davlatga qarashli “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi qarz botqog‘iga botib bormoqda. ...
5 yanvar 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
14 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
14 fevral 2024
Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...