Buni innovatsiya deydilar
«Pravda vostoka» gazetasi Toshkentda milliy innovatsiya tizimi masalasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etganini bildirdi.
Ana shunday mehmonlardan biri, Nyu-York davlat (!) universiteti professori P.Morvij «mamlakatimiz rahbariyatining oqilona siyosati shirofati bilan O‘zbekistonning mehnatkash xalqi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham YaIMning 8 foizdan ortiq miqdorda o‘sishiga erishayotgani»ni alohida ta'kidlagan.
Shuningdek, gazeta 2012-2020 yillarda YaIMda innovatsiya mahsulotlari ulushi 3 foizdan 22 foizgacha, uni eksport qilish esa 6 foizdan 28 foizgacha oshirilishi belgilanganini ma'lum qilgan.
Maqolada O‘zbekistonda elektr energiyasiz ishlaydigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va chiroqlar, gazsiz ovqat pishiradigan yoki isitadigan jihozlar borasida innovatsion texnologiyalar yaratilyaptimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berilmagan.
Eltuz.com