Janjali bois uchoqdan tushirilgan o‘zbek ayoli Istanbul aeroportida “tomosha” ko‘rsatdi
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi uchoq ichida janjal chiqargani sababli kema sardori tarafidan samoletdan tushirilgan Ma'mura M, ismli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Ota-Turk xalqaro aeroporti binosida “asabiy tomosha” ko‘rsatib mahalliy gazetalarga “yulduz” bo‘ldi.
Istanbul aeroportidagi o‘zbek yo‘lchilaridan birining Eltuz.comga aytishicha “ayol oyoq kiyimlarini yechib tashlab, bir kulib, bir baqirib asabiy raqsga tusha boshlagan.
«Menga ishlashga izn berishmadi, ketishimga ham ruxsat yo‘q», «Uch farzandim bor! Ularni sog‘indim» deya baqirgan xotin yo‘lak bo‘ylab irg‘ishlab yugura boshlaganida politsiya tarafidan olib ketilgan.
Istanbul aeroportidagi o‘zbek yo‘lchisi voqea tasvirlarini bizga jo‘natdi.
Turk matbuotining yozishicha ayolni ismi Ma'mura bo‘lgan va u o‘zini o‘ldirish iddaosidan keyin politsiya tarafidan qo‘lga olingan.
Eltuz.com