chorshanba,
18 dekabr 2024
10 may 2016
O‘zbekistonlik ayol Rossiyada qizchasini o‘ldirishda ayblanib sudga tortildi
Ismi keltirilmayotgan O‘zbekiston fuqarosi, tergov ma'lumotlariga suyanib «Ozodlik» radiosining bildirishicha, o‘tgan yilning avgustida yangi tug‘ilgan qizchasini bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Bolasining kasalxonada o‘lib qolganini aytgan ayoli so‘zlariga ishongan er chaqaloqni qabristonga olib borib, ko‘mib kelgan.
O‘zbekistonliklarning o‘z bolalarini o‘ldirishlari, sotishga urinishlari so‘nggi davrda tendentsiyaga aylandi.
O‘tgan oyda ham yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib, zovurga tashlagan xorazmlik ayol mahkamaga tortilgan edi.
Eltuz.com