Domlalar pora olmaslik haqida prokurorga kafolat xati yozib berdi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-domlalari o‘rtasidagi uchrashuvda prokuratura xodimlari o‘qituvchilarning pora olib qo‘lga tushgani va buning oqibatida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani yuzasidan bir qancha aniq misollar keltirgan.
Bundan tashqari, Bosh prokuraturaga shu masala yuzasidan talabalarning o‘zlari yoki ularning ota-onalari tomonidan shikoyatlar kelib tushgani ta'kidlangan. Ilgari talabalar bu haqda anonim tarzda xabar berayotgan bo‘lsa, hozirda ular shikoyatni ochiq beryapti.
Eng qizig‘i, suhbat yakunida pedagoglar talabalardan pora olmaslik haqida kafolat xati yozib bergan.
Bugun O‘zbekiston ta'lim tizimi butunlay korruptsiya botqog‘iga botgani ko‘pchilikka sir emas. Buni prokuraturaning kulgili kafolat xati yozdirib olgani to‘g‘risidagi yuqoridagi xabar ham tasdiqlaydi.
Ammo kafolat xati yozib bergan domlalarning yana pora olmasligiga kafolat bormikin? Har holda korruptsiya maydonini suv havzasi desak, suvga tushib quruq chiqish mumkin ekanmi?
Eltuz.com