Dayjest
19 may 2016

Qovoq haqiga madhiya to‘qish boshlandi

«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining «o‘z vaqtida qabul qilingan» «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ahamiyatini tushuntirishga zo‘r bermoqda.

Gazetada O‘zbekistonda meva-sabzavot va poliz yetishtirish beqiyos foyda keltirishi ilgaridan ma'lum bo‘lsa-da, prezident mustaqillikning yigirma beshinchi yiliga kelibgina buni anglab yetgani sabablari ochiqlanmaydi.

Buning o‘rniga, gazeta fermer va tadbirkorlar «bu qarorning istiqbolli ahamiyatga ega ekanidan ruhlanayotgani»ni ta'kidlaydi.

Esingizda bo‘lsa, sal avvalroq bosh vazir barcha fermerlarni qovoq ekishga majburlash kampaniyasini boshlab yuborgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Hatto korxona va tashkilotlar ishchilari fermerlarga bu ishda «yordam berish»ga jo‘natilgandi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, maqolada qovoq yetishtirish masalasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Jurnalistga intervyu bergan fermer esa qovoqning ahamiyatiyu foydasi haqida to‘lib-toshib gapiradi.

«…O‘zbekistonda yotishtirilgan qovoq jahon bozorida tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, hujjat (ya'ni prezident qarori) qovoqni ham katta miqdorda eksport qilish imkonini beradi», deya xulosa qilinadi gazetada.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2018
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Ya'ni bu kun ayollar va ...
12 aprel 2016
Bugun Eltuz.com sayti O‘zbekistonning og‘riqli muammolaridan biri, o‘zbek so‘mini horijiy valyutaga ayirboshlash masalasini aks ettirgan rassom Elsevarning hajviy rasmini ...
3 may 2020
Janubiy Xorazm shevalari va Xorazm qarluqchasi haqidagi savollarga bergan javoblarim kommentlarda bahslarga sabab bo‘ldi. Shularga biroz aniqlik kiritib ketaman. ...
29 dekabr 2023
Rassom Tuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...