Asosiy mavzular
17 fevral 2023

RTdan va'z: Xotinlar ishtoniga yopishgan hokim

Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam.

Toshoblda eri Rossiyaga ishlagani ketgan, xotinni  ikki bolasi ko‘z oldida to‘rtta mahalladosh  o‘zbek erkak kaltaklab jinsiy zo‘rlashdi.  Kamiga farzandlarini ham kaltaklashadi.  Xotin qarshilik qilganda undan battar kaltaklab, bolta va pichoq tirab, yana zo‘rlashdi.

MS: Bu yetmak ashakla qamoqdami?

RT: To‘rttalasi ham qamoqqa olindi. Ammo ikkitasini kazo kazo qarindoshlari bor ekan, ular zo‘rlangan xotinga telefon qilib zayavangni qaytib ol, deb bosim qilishmoqda 

MS: Ham atip, ham o‘tiradon toipa akan bular. 

RT: Namangandagi cho‘yan quyish sexida qozon po‘rtilladi.

MS: O‘lgan qotqan yo‘qmi?

RT: Sodir bo‘lgan portlash oqibatda ushbu sexda ishlayotgan 1 ishchi tan jarohati oldi, 2 nafari hodisa joyida o‘ldi. 

Namongonda tug‘dirgan bolasiga aliment to‘lashdan qochib yurgan 457 nomardga qarab prokuror bir o‘qrayishi bilan muammo hal bo‘ldi. Bu 457 ramaqijonlar yugurib borib alimentni  to‘lab qo‘yishdi.

MS: Zo‘rdan zo‘r chiqsa lyuboyi go‘ttini qisadi… Yaxshiyam prokuror bor. Bo‘masa go‘ttinda ishtoni yo‘q Shoxjaxonla ikkidan xotinni olib do‘g‘dirib ajrashib qochib yuravaradi.

Ayiq va boshqa hayvonlar qiynab o‘ldiriladigan Dehqonobodda yer qimirladi.

MS: Toshkentda yer darpanmasa bo‘ldi. Agar darpansa so‘nggi olti yilda qurilg‘on hamma o‘y ostin ustin bo‘ladi. Xudo saqlasin. Turkiyada yer darpanganda o‘lganla soni 30 mingdan oshib getdi. Bolla yetim qoldi. 

RT: Bolasini to‘ydirib ovqat bermaydigan, tuzukroq kiyintirmay urib so‘kadigan va iloji bo‘lishi bilan sotvoradigan biomusor to‘da o‘zida mexribonni yoqib «Turkiyadan bola olib saqlayman» deb yozib yotibdi. Bularni erkak toipasiga aytadigan shu¸ sen alimentni va olgan qarzlaringni to‘la. Davolan anavi kasalingdan. Xotinlarga aytadiganim esa mana bu. Oldin yaxshi yeb ichmaganidan raxit bollaringni tuzukroq boq. Keyin o‘zingni anemiya kasalingni o‘yla. Novvot choy ich¸ dumbali moshkichiri ye. Tuzukmi. Turkiyadagilar senga bolasini berib qo‘ymaydi.

MS: Lekin, og‘o bizani o‘zbek spasatella borib odomloni jonini soqlodi. O‘zbekistonnan olib borilg‘on itlar oyniqso.

Itinga qurbon bo‘lay vatan!!!

O‘zbekiston Turkiyaga maxsus olib borilgan ichkovuch it vayronalar orasida 160 soat yotgan 62 yashar  Samet Genco va 60 yashar Seval Genconing yotgan joyini aniqladi. Shundan keyin o‘zbek¸ turk va meksikalik qutqaruvchilar bu ikki dapramzada ustidagi betonlarni ochib ularni qutqardi. O‘zbek iskovuch iti ikki odamni qutqardi. Bu it Najmiddin Kubro itining avlodi bo‘lsa kerak. Yashasin o‘zbekning mexribon iti.

MS: Qutqarg‘an itni rangi oqmi yo qoro. Mo‘llo buvoni oytishincha qoro it xorom. Uni dapsang oyoqingni yuvish garakmish. Og‘o o‘zimizni yurtda yena na gap. Kraymnyusdan yena bir jup bo‘lsin.

RT: Matchonboy  Surxondaryoda yovuz niyatli jinoyatchi qo‘lga olindi.

MS Yo‘qay og‘o. Bu qorsildop uchib gursildap singonla ko‘p akan Surxondaryoda.

RT: Oltinsoylik 10 sinf o‘quvchisi  “Oqarbuloq” mahallasidagi do‘konga yarim tunda o‘g‘irlikka tushib 13 telefonni o‘marib qochgan. O‘quvchi do‘kon eshigini bolta bilan urib sindirgan.

O‘zi zo‘rg‘a kunini ko‘rayotgan do‘konchi zor zor yig‘lab, o‘zini Surxondaryo mirshablari oyog‘i tagiga otdi.

«Yig‘lanilmasin. Nega yig‘laniladi. Agar telefonlar oq poshsho xududdini tark qilmagan bo‘lsa, topiladi» dedi mirshab. 

MS: O‘g‘rini tutdilarmi axir? 

RT: Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi voyaga yetmagan 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli M.Sh. sodir etganligi aniqlanib, undan jami 10 dona telefon apparatlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi. 

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasining tegishli bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘g‘ri bacha 3 ta telefonni Termiz bozorida 3 millionga sotvorib puliga qizlar bilan maishat qilishga ham ulgurgan. 

O‘g‘ri qamag‘da. Surxondaryo bu mudxish jinoyat fosh qilinganidan yengil tin olib yaxshi uxlaydigan bo‘ldi.

MS: Chalakda novvi bo‘lvadi. Hamma shuni oytip yotibdi

RT: Chelak jarroxlari kasaldan olgan «baraka» ni bo‘lisholmay bir birini do‘pposlab urib tashagani videosi qo‘lma qo‘l bo‘luvdi. Bu yuzadan Samarqand IIB rasmiy ochiqlama qildi:

Payariq tumani Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasidagi janjal haqida RASMAN

Mazkur holat joriy yilning 2-fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limida xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan.

Holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A.N.ga nisbatan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

MS: Og‘o, siz bu duxtrlara bir qotti gap oyting.  Xonasinda oqsin. O‘zinnan getti bu yetmaklar.

Rassom Tuz luqmasi: 

Operatsiya qiladigan operatorlar barakani qism qism qilib bo‘lishishni otarchilardan o‘rganing. Mana otarchi vazir master klass o‘tib, narigi vazirning aytganiga qo‘shimcha qilishi mumkin. 

MS: Bizdan barakiri  sizdan xarakiri.

RT: Shunaqa yangiliklar Matchonboy

MS: Quri oytqonuingiz ujus. Shum xovor. Ëxshi, odoma yoqodon gaplar yo‘qmi?

RT: 18 yashar kanadalik Djuletta Lamur lotoreya biletidan 48 million dollar yutib oldi. O‘zi qizgina lotoreya sotib olmoqchimasdi, bovosi aytdi¸ «ol qizim, balkim peshanang jorqildop ketarov» dedi boboy. Djuletta umrida ilk bor birgina lotoreya sotib oldi va puldi tagiga ko‘mildi qoldi. Xozir Djuletta bu pulning bir qismini medinstitutda o‘qish kontraktiga to‘lamoqchi. Do‘xtr   bo‘moqchi millioner qizgina. Ashnaqa. Intilganga tole yor.

MS: Qorri bilganni pariy bilmas. Otani gappina girgan barakat topodi.

RT: Matchonboy, lekin ota degan bolasiga zug‘um qilmasligi kerak. 

Namanganga Farg‘onadan kelib o‘qiyotgan ikkichi student o‘zini o‘ldirdi. Imtihonlarni topshirolmagan talaba o‘ziga o‘t qo‘ydi va kasalxonada til tortmay o‘ldi. 

Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi X.X. 10 fevral kuni oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmadi. Shu bois u imtihonlarni  qayta topshirishi kerak edi. Talabaning  guruh rahbari studentning  otasiga telefon  qilib, o‘g‘li imtihonlarni topshira olmagani haqida  aytgan. 

Darg‘azab ota esa darrov  ota ikkichi  o‘g‘liga telefon qilib baqirib chaqirgan.

Ota qarg‘ishi o‘q¸ ona qarg‘ishi bo‘q. 

Otadan dakki eshitgan ikkichi student Yangiqo‘rg‘on tumani “Nurafshon” mahallasi  chetidagi  adirni o‘rtasiga borib ustidan sifatli benzin quygan. U keng mo‘l adirlarga mo‘ltirab qarab «meni sig‘dirmading hayot» deya zajigalka tugmasini bosgan.

Povv etgan olov Nurafshon mahallasini yana ham nurafshon qilib yoritib yubordi.

O‘sha yerdan o‘tib ketayotganlar yonayotgan studentni qutqarishga shoshidi. Afsus tananing yarmisi kuygan edi. Ammo yigit yashashda davom etardi. Yigit bechora ikki kun qiynalib 13 fevral kuni shifoxonada o‘ldi. O‘g‘il go‘rda ota esa g‘am g‘ussada. 

Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

MS: Og‘o shu bolosini azib, qoqqanda qonini, silkkanda jonini olodon aka opolaro binnarsa dang. 

RT: Xurmatli ota enalar bollaringizni ortiqcha tergamang. Ularniing ikkichi bo‘lish, to‘polon qilish, kitob o‘qimaslikka ham haqqi bor. Qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarmang. Hamma oliy ma'lumot olsin degan majburiyatni musorga otvoringlar. Kasb o‘rgansin, xunarmandga shogird bo‘lsin. Taksi qilsin, emchak halta sotsin. Odamning hayoti har narsadan aziz. Ota rozi, xudo rozi degan maqolni ham musorga tashang.

MS: Og‘o, shu navchun Toshkentda hamma ozonu gech, jalab dap so‘kinadi. Uyot gap oytodi. Lekin o‘zinnnan mo‘llo yasop odomloni alashtiradi.

RT: Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining tolibon va IShID zehniyatli mulla azimlari Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konidan modellar suratini dinga zid deya  oldirib tashlatdi.

Internetda Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni tashqi vitrinasiga joylashtirilgan modellar surati tanqid qilingan video tarqalgani ortidan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga sizib kirib olgan tolibon miyali  bachchaboz amaldorlar  do‘kon rahbariga zug‘um qilib  tashqi vitrinadagi modellar  suratlarini olib tashlattirdi. 

Toshkent mulozimlarining radikalizmga moyilligi haqidagi xabarlar dunyo matbuotiga chiqib extimoliy investorlarni xurkitib ham ulgurdi.

Bunday mulozimlar turganda O‘zbekistonga dushmanning keragi ham yo‘q.

MS: Kim akan u dushman

RT: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Irgashev Shavkatbek Turdievich. U mana bu rasmda  mullabachchalar bilan do‘kon viveskalaridagi ayollar rasmini olib tashlash bo‘yicha maslahatlashmoqda.  Bu Irgashev degani Tolibonning josusi bo‘lsa kerak davlat ichiga sizib kirib olgan. Bular bodringni ko‘rsa, asbob deb o‘ylab ishtoniga oqizvoradigan bachchabozlar oshig‘i. 

MS: Zokir akamni dvajdi qudasi bu Irgashev Shavkatbek Turdievich. 

RT: Xullas, O‘zbekistonga kelishni istayotgan investorlarni hurkitgan bu hokim kimning davajdi qudasi bo‘lsa ham, zararni qoplashi va zudlik bilan ishdan bo‘shatilishi kerak. Uning toliblarga ham keragi yo‘q. Ëshi o‘tib qolgan. Toliblar o‘zbek hukumatidagi yosh bachchalarga oshiq. Irgashevning xotinlar ishtoniga qarshi jihodi dunyo sotsial mediasida muhokama qilinmoqda. 

MS: Novvi dap yozdilo xoroplo…

Mana o‘qib beray. Degradatsiya idyot polnыm xodom. Skoro kak v Afganistane jit budem. Bez mujchin jenщine nelzya budet nosu na ulitsu vыsunut, zamuj vыdavat budut let v 13 i uchitsya jenskomu polu zapretyat. Vot eto svetloe buduщee nas jdyot.

MS: Yaqinda Afg‘oniston bo‘lib, har bir yoshulli o‘g‘il bolag‘a o‘ylanib bachchavoz bo‘ladi dap yozibdimi bu o‘rislar. Sal oshiriparibdila…

RT: To‘g‘ri aytasan. Oshirib yuborishdi. To‘rtta zombi O‘zbekistonda pogoda yarata olmaydi. Bitta misol, minglab xindistonliklar O‘zbekistonga seks turizmga keladi. O‘nlab otellar bunga ixtisoslashgan. Eng ko‘p xojakalar yashaydigan Namangan spirtli ichimlik iste'moli bo‘yicha statistikada ilg‘or. Real vaziyat boshqacha. O‘sha Mirzo Ulug‘bek hokimi xonasida porno ko‘rayotganida qo‘lga tushgandi Karimov davrida. Qudasi bo‘lmaganda ishdan haydalardi. Xullas, ikkizyulamachilik deydi buni. Qissadan hissani esa biz emas, Saudiya shayxlari chiqardi. Ular dunyoga ochilmoqda. Mana 14 fevralda Saudiyada Valentin kuni bayram qilindi. Jaz va rok festivallari o‘tmoqda Saudiyada. Yana bir saboqni esa turk xalqi chiqardi. Bilasanmi, nega Turkiyada qutqarish ishlari juda yomon amalga oshirildi va juda ko‘p odam o‘ldi. Chunki, qutqaruv ishlarini boshiga qo‘yilgan odam imom hatib litseyini bitirgan bir mulla. U faqat cho‘pchak aytish va o‘marishni bilgan xolos. Favqullodda vaziyatda nima qilishga aqli va farosati yetmagan. Bizning hokimlar ham faqat o‘marish va xotinlar emchak xaltasiga qarshi kurashishni biladi xolos. 

MS: Nishatish garak og‘o. Lyuboy hokim o‘g‘ri, g‘or, kaznokrad. Buni ustina zombi degenerat.

RT: Siyosat bilan shug‘ullanish kerak

MS. Siyosat bilan ulli yoshulli shug‘ullanadi. Biza quri yeb ichamiz.

RT: Matchonboy, imenno sen siyosat bilan shug‘ullanmaganing uchun hokimlar zombiga aylandi. Kinostudiyada projektor tashiydigan ishda ishlaganman qadim zamonda Moskvada. O‘shanda Jenya aka degan, xozirda marxum o‘ris rejisser stsenarist va shoir bilan bir muddat osh qatiq bo‘luvdim.  Yevgeniy Yevtushenko. U kishining bir gapi hech esimdan chiqmaydi. «Siyosat barchaga oid imtiyoz» (Politika – privilegiya vsex) Yaltiroq muqovali kitobining ustiga o‘qlovday qilib yozib qo‘yuvdi shu gapni. Bu kitobdan 1000 tasini tipografiyadan olib Chumchuq tepadagi Mosfilmovskaya ko‘chasidagi uyga oborib bergandim. Xammol haqiga qo‘shib, bitta kitob ham bergandi Jenya aka. Shunday. Karimov zamonida xalqni mol qilib, tutib turish uchun «siyosat bilan shug‘ullanish yomon» degan mikrob gapni tarqatishdi. Siyosat bilan Karimov shug‘ullanadi, sizlarga esa bo‘yinsunib qisib o‘tirish sunnat deyildi. Shu kunlarda kimlardir  menga maslahat beryapti «Tinchgina xotin go‘rda, er qamag‘da» deb  yozaversang bo‘lmaydimi, nima qilasan siyosatga aralashib» deb.

Bemaza gap. Siyosatga kimsasiz oroldagi Ro‘binzon tog‘a ham aralashgan. O‘zini orol gubernatori deb e'lon qilgan. Jumaboyga ingliz tili o‘rgatgan. Xolbuki u jumaboyning tilini o‘rgansa bo‘lardi. Xullas keyingi voqealar  jamiyatga diagnoz qo‘ydi. Diagnoz natijasi daxshatli. «O‘zbekiston boshsiz odamlar mamlakati» Shunday. Boshsiz odamga yangidan bosh yasab berishga xozirgi medidtsina qodir emas.  Bu to‘daning  Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya ustidan kulishga  hech qanday ma'naviy haqqi yo‘q. Balki ularning haqi bor bizning ustimizdan  kulishga.

MS: Ovong og‘o, Turkmanla ustimizdan gulib yotibdi. Lekin, tanqidlodan keyin Mirzoulug‘bek tumanidagi amjak xolto do‘koni peshtoqina soxibjamollarni surati qoyta ilindi. Xo‘shroy mo‘chchi model qizlar surati restavratsiyadan keyin yana ochilib ketibdi.  Og‘o bir ertak oyting indi. 

O‘g‘ri mehmon

RT: Dehqonobodni larzaga solgan o‘g‘irlik. 169 modda (o‘g‘irlik) bilan uch marta qamag‘ga kirib chiqqan o‘g‘ri Dehqonoboddagi tanishining uyiga mehmonga bordi. Dehqonobod tuman «Oydin yo‘li» mahallasidagi uyda yarim tungacha yeb ichgan mehmon «borar yeri yo‘qligi» uchun mezbon uyida yotib qoldi. Mehmonxona to‘riga ikki qavat ko‘rpacha solib berishdi. Hamma uxlagan paytda tarvaqaylab yotgan o‘g‘rining ko‘zi liq etib ochildi. U narigi xonaga kirib yangi hali kiyilmagan ikkita charm kurtkani ko‘rdi. Bitta kurtkani egniga kiyib ustidan yirtiq choponni kiydi. Yana bir kurtkani esa so‘mkaga soldi. Dasturxondagi pista bodom va xolodilnikdagi tandir go‘shtini ham so‘mkaga soldi. Keyin timirskilanib ishkob raxida turgan 480 ming so‘mni cho‘ntagiga soldi. Uxlab yotgan mezbon cho‘ntagidagi Dehqonobod nosi solingan salafan xalta va telefonni ham o‘marib  cho‘ntakka urdi. Ketayotib devordagi soatni ham sumkaga soldi. Hammasi bo‘lib mezbon uyidan 2 million 610 ming so‘mlik narsani o‘marib yarim tunda uydan chiqib ketdi. Mezbonlar ertalab uyg‘onsa uy ship shiydam, mehmon yo‘q. Mehmon o‘zining eski kalishi o‘rniga mezbonning salamandr brendli issiq botinkasini ham kiyib ketibdi. Mezbon bir dod solgandi Dehqonobod larzaga keldi. Dod ovozidan teraklardagi qarg‘alar ham cho‘chib uchib ketdi. Dod sasidan tog‘lardagi qor uyumlari lorsillab pastga quladi. Dehqonobod mirshablari o‘g‘rini ushashdi. O‘g‘ri xudoni o‘rtaga qo‘yib «tavba qildim¸ to‘rtinchi marta qamag‘ga kirishni istamayman» deb zorlandi. Ammo Dehqonibod milisasi ko‘z yoshlarga ishonmaydi. O‘g‘ri qamag‘da. Dehqonobod qarg‘alari yana daraxtlarga qaytib qo‘nib mudrashga tushdi.

MS: Issop. Bu ertakmas bo‘lg‘on voqeaqu. Yena birni oying og‘o jup bo‘lsin

Akmal o‘g‘ri

RT: Toshkentda qo‘qonlik mashxur o‘g‘ri Akmal qo‘lga olindi. 35 yashar Akmal o‘g‘ri kvartira eshigini smichka bilan ochib kirib oltin taqinchoqlarini o‘margan paytda qulag‘idagi ayrpodini bittasi tushib qoladi. O‘sha ayrpod izidan borgan mirshablar o‘g‘rini ushashdi. O‘g‘ri qamag‘da. O‘nbesh yilga kesiladi deyishdi. Bu qo‘qonlik o‘g‘ri hali beshikda yotganida onasining qo‘lidagi oltin bilaguzugini o‘marib ko‘rpacha tagiga tiqib qo‘ygan. Sal katta bo‘lganda sondiqni devorga taqalgan tarafini arra bilan kesib ichidagi buvisi o‘limlikka atagan surpni o‘margan. Otasining shimi cho‘ntagidagi pulni, qo‘shnining televizorini, xullas nima ko‘rinsa o‘maradigan tip. U Farg‘onada qidiruvga ham berilgan, ammo Toshkentda qo‘lga tushdi.

MS: Qorsildop uchib gursildap singoy  bu qon toshog‘on o‘g‘rilo

RT: O‘zbek jamiyatining aksar biomusorlari o‘g‘rilarni sevadi va «ko‘cha» deb atalgan jinoyat territoriyasiga sig‘inadi. O‘g‘ri «ponyatka»sini muqaddas deb biladi. Qimorga yutqazgan erkak o‘z xotinini katalaga qo‘shishiga normal deb qaraydi. Shu bois O‘zbekistonning kosasi oqarmaydi¸ biri ikki bo‘lmaydi. O‘g‘rilarga sig‘ingan jamiyat kasal jamiyatdir.

MS: Og‘o sho‘rda to‘xtop yonqi gapni oyting.

RT: Assalom O‘zbekiston, juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2023
O‘zbekiston Oliy sudiga Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Aybek Masharipov va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Kuryazovga ...
15 noyabr 2015
Bu yil paxta tera olmadim, deb «xafa bo‘lib» yurgandim. Lekin kecha sinfdoshim Qadamboyning g‘o‘zapoyasini (poqolini) terishgani ko‘makka (yordamga) borganimda ...
26 sentyabr 2016
«Kun.o‘z» sayti banklardan hatto tashkilotlar ham maosh uchun naqd pul olishda muammolarga duch kelayotganini yozdi. O‘zbek matbuotidagi bu kabi ...
19 sentyabr 2018
Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida O‘zbekistonning tashqi savdoaylanmasida import sur'atining o‘sishi eksportnikidan qariyb yetti barobardan ko‘proqni tashkil etdi. Davlat ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...