Dayjest
24 may 2016

«Milliy tiklanish» partiyasi «Karimov asarlari bilimdoni»ni aniqlash bilan ovora

«Milliy tiklanish» partiyasi «yoshlarning Vatanga muhabbatini oshirish», «ularni milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash»ga qaratilgan ko‘pdan-ko‘p tadbirlari qatorida «Prezident asarlari bilimdoni» esselar tanlovini ham o‘tkazdi.

Bu tanlovda 1300 dan ortiq kitobsevar qatnashganini iddao qilgan «Milliy tiklanish» gazetasining yozishicha, prezidentning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» to‘plamining bosh g‘oyasi bo‘lgan «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?», «Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?» degan savollarga javob izlash esselarning bosh mavzusi bo‘lgan.

«Prezidentimizning yuqoridagi asari keng dunyo jamoatchiligi, tarixchi, siyosatchi, ayniqsa, yoshlarning e'tibori va e'tirofiga sazovor bo‘lgani»ni ta'kidlagan gazeta bu tanlovga qiziqish yildan-yilga ortib borayotganini bildiradi.

Tanlov g‘olibasi, O‘zMU tarix fakulteti talabasi bo‘lgan qizcha «davlatimiz rahbarining mustaqillikka erishish arafasida – murakkab tarixiy va qaltis davrda so‘zlagan nutqlari va ma'ruzalarining ijtimoiy ahamiyati anglansa, «Men mamlakatimda tinchlikni ta'minlayman» degan ezgu g‘oya bilan yashaydigan yoshlar safi kengayishi»ni bashorat qilgan.
Bu ketishda partiyalar «navoiyxonlik», «mashrabxonlik», «boburxonlik»ka uyqash qilib, «prezidentxonlik kechalari»ni o‘tkazish estafetasini boshlab yuborishi ham hech gap emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 mart 2022
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi jamoatchilik faoli Dildora Boymurodovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  ...
15 iyun 2022
30 yildan buyon Toshkentda ishlayotgan turkiyalik 56 yoshli tadbirkor Ug‘ur Aqin (Ugur Akin) “New Life Insurance” MChJdan ikki million ...
17 may 2023
1976 yilning 8-17 aprelida O‘zbekistonning tabiiy gaz olinadigan hududida joylashgan Gazli shahrida birin-ketin turkum yer qimirlashlari yuz berdi. Dahshatli ...
20 mart 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Xatlar yog‘ilishda davom etmoqda. Ularning har biri chuqur ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...