Dayjest
24 may 2016

«Milliy tiklanish» partiyasi «Karimov asarlari bilimdoni»ni aniqlash bilan ovora

«Milliy tiklanish» partiyasi «yoshlarning Vatanga muhabbatini oshirish», «ularni milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash»ga qaratilgan ko‘pdan-ko‘p tadbirlari qatorida «Prezident asarlari bilimdoni» esselar tanlovini ham o‘tkazdi.

Bu tanlovda 1300 dan ortiq kitobsevar qatnashganini iddao qilgan «Milliy tiklanish» gazetasining yozishicha, prezidentning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» to‘plamining bosh g‘oyasi bo‘lgan «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?», «Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?» degan savollarga javob izlash esselarning bosh mavzusi bo‘lgan.

«Prezidentimizning yuqoridagi asari keng dunyo jamoatchiligi, tarixchi, siyosatchi, ayniqsa, yoshlarning e'tibori va e'tirofiga sazovor bo‘lgani»ni ta'kidlagan gazeta bu tanlovga qiziqish yildan-yilga ortib borayotganini bildiradi.

Tanlov g‘olibasi, O‘zMU tarix fakulteti talabasi bo‘lgan qizcha «davlatimiz rahbarining mustaqillikka erishish arafasida – murakkab tarixiy va qaltis davrda so‘zlagan nutqlari va ma'ruzalarining ijtimoiy ahamiyati anglansa, «Men mamlakatimda tinchlikni ta'minlayman» degan ezgu g‘oya bilan yashaydigan yoshlar safi kengayishi»ni bashorat qilgan.
Bu ketishda partiyalar «navoiyxonlik», «mashrabxonlik», «boburxonlik»ka uyqash qilib, «prezidentxonlik kechalari»ni o‘tkazish estafetasini boshlab yuborishi ham hech gap emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
26 may 2023
«Kel, hayot ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
23 avgust 2019
Davlat siyosati boshqariladi. Siyosatni siyosatchilar amalga oshiradi. Siyosatchilarni esa xalq gap-so‘zi, bo‘yi-basti va tarbiyasiga qarab saylab, tanlab oladi. Tanlov ...
29 mart 2021
Avtomobilda otvyortka borligi uchun haydovchi avtomobili Yo‘l- patrul xizmati xodimi tomonidan tintuv qilingani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. 23 ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...