O‘qituvchilar masjidda navbatchilikda
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini masjidga kiritmaslik harakatlari davom etarkan, ramazon oylarida masjidlarda o‘qituvchilar navbatchilik iladigan bo‘ldi.
«Yuqoridan shunday topshiriq berishdi», – deydi tumanlardan birining mas'ul raxbari: «Har bir qishloqdagi jome masjidlarida har kuni 20.30 dan 23.00 gacha bir nafardan erkak o‘qituvchi navbatchilikda turishi kerak ekan. Ramazon oyi munosabati bilan o‘qilayotgan Taroveh namozlariga maktab o‘quvchilarini kiritmaslik uchun. Har bir maktab direktori navbatchilik jadvalini bizga keltirib berayapti. Biz o‘z navbatida OblONOga yuborayapmiz».
«Men ham tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga yordam berish uchun navbatchilikda turar ekanman»,- dedi o‘qituvchilardan biri, – «direktor hammamizdan «belgilangan kuni navbatchilik qilaman», degan tilxat yozdirib oldi».
«Navbatchilikdagi asosiy vazifamiz maktab o‘quvchilarini namozga kiritmaslikdan iborat ekan» – deydi Ramazon oyida masjidda qorovullik qilish peshanasiga bitilgan farg‘onalik o‘qituvchi.
Nasima Davron qizi
Eltuz.com