Kundalik
13 sentyabr 2016

O‘zbekistonda paxta kampaniyasi boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumining murojaati

Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu haqdagi ma'lumotlarni biz bilan o‘rtoqlashing!

Feysbukdagi https://www.facebook.com/eltuzcom/ manzilida xabar qoldiring

yoki info@uzbekgermanforum.org elektron manziliga maktub yo‘llang.

O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi. Bu safar ham qishloq xo‘jaligiga umuman aloqasi bo‘lmagan talabalar va byudjet tashkilotlari xodimlari paxta dalalariga jo‘natilmoqda.

Amaldorlar kishilar paxta terimiga ixtiyoriy ravishda jo‘nab ketayotganini ta'kidlayotganiga qaramay, o‘tgan yillar tajribasi paxta yig‘im-terimi majburiy ekanini, unda qatnashishdan bosh tortish universitetdan haydalish yoki ishdan bo‘shatilish bilan jazolanishini ko‘rsatmoqda.

O‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, talabalar va boshqa kishilarni paxta terimiga majburlash orqali amaldorlar mamlakatimiz qonunchiligini qo‘pol ravishda buzmoqda, odamlarning farovonligiga zarar keltirmoqda, ularning sog‘lig‘iga putur yetkazmoqda hamda o‘quvchilar va talabalarning ta'lim olish sifati yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Bizda bu qonunsizlikka qarshi kurashish uchun faqat bitta vosita mavjud. Bu oshkoralikdir.

Siz vaziyatni o‘zgartira olmayman, deb o‘ylaysizmi? Aslo bunday emas!

Siz O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlariga qanday rioya etilayotganini kuzatib borayotgan xalqaro tashkilotlarga aslida nimalar sodir bo‘layotganini bildirish orqali o‘zingizni majburiy paxta terimidan qutqarishingiz uchun ilk qadamingizni tashlashingiz mumkin.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi tashkiloti joriy yilda paxta yig‘im-terimi mavsumidagi majburiy mehnatning mustaqil monitoringini o‘tkazadi. Biz hurmatli o‘quvchilarimizni haqqoniy ma'lumotlar yig‘ishga ko‘maklashishga chaqiramiz.

Eslatib o‘tamiz, majburiy mehnat – bu insonni biror jazo tahdidi ostida har qanday ishni bajarishga majburlashdir. Majburiy mehnat O‘zbekiston Mehnat kodeksining 7-moddasi bilan taqiqlangan.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi

Tag‘in o‘qing
4 sentyabr 2019
Zamonning tez o‘zgarishini qarang. Bir necha yil oldin katta avlod hali kompyuter ishlatishni bilmasdi, biz esa o‘zimizcha zamonaviy yoshlar ...
11 may 2018
O‘zbekistonning davlat monopolisti bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi xususiylashtiriladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi maslahatchisi Sardor Sa'dullaev 9 may ...
18 dekabr 2015
18 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB katta tergovchisi Orif Anarboev O‘ktamni 168 modda (firibgarlik) va 211 (pora olish)da  ayblash ...
11 noyabr 2019
Oddiygina avariya sodir etgani sabab ichki ishlar idorasiga olib borilgani ortidan ikki hafta bedarak ketgan andijonlik Abdulloh Tohirovning boshidan ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...