Ko‘zqarash
21 sentyabr 2016

Mirziyoev sharafiga palma yaprog‘i

Toshkent markazida turaman, balkondan oliy majlis ko‘rinadi, sal narida prokuratura. Ammo shuncha yildan beri dom oldidagi bir uyum chiqindi olinmasdan yotuvdi. Ëlg‘on bo‘lmasin Navro‘zdan beri.

Kecha Mirziyoev keladi deb o‘sha chiqindilarni ko‘rinmas odamlar tozalab o‘rniga palma ekib qo‘yishibdi. Hamma hursand, kimdir qolgan umrida palma ko‘rganiga, kimdir chiqindi hidi nari bo‘lganiga. Shu payt osmondan pat-pat qilib tikuchar uchib o‘tdi. Hoji boboyu hoji onalar osmonga qarab “ana Mirziyoev” deb duoga qo‘l ochishdi.

Kechagina atrofi temir panjaralar bilan o‘ralgan mashinalar turadigan maydon o‘rnida rang-barang gullar ochilib yotibdi. Turar joy, hukumat binolari, restoranlarning devorlari yangi bo‘yalgan, bir kun avval tashlandiq holda yotgan joyda bolalar maydonchasi qurilgan, ko‘chalar supurib sidirilgan, yo‘llar ozoda, xullas, hayratdan qotib qoldim, hushim boshdan uchdi ketdi…

Ayni kuz avjida anvoyi gullarning barq urib ochilishini qarang. Sababini surishtirsam, guzarimizga Vaziri a'zam tashrif buyurarkanlar.

Ënimizdagi bozorchada bodring sotadigan hola chin dildan duo qildi. Holaning aytishicha endi bundan buyon bodring sotganda kassa apparat kerak emas ekan.

“Mirziyoev bekor qildilar kassa apparatni, iloyim imzo qo‘ygan qo‘llari dard ko‘rmasin”

Hoji bobolar tilida esa boshqa gap:

“Bu borishda o‘ldirishadi buni”

“E o‘ldirishmaydi, Allaqachon SNB oxranasidan voz kechibdiku. Alisher Usmonov oxran yuboribdi Sho‘katakani qorovullaysan deb”

“Putinni o‘zi chinor qo‘ndoqli gvardiya askarlarini jo‘natibdi qorovullikka”

Toshkentdan maktublar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2018
«Bosh vazirdan tortib, hokimlargacha to‘y marosimlariga borishi man etiladi», dedi Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan ...
19 may 2016
Eltuz.com nashri fermerlarning bugungi abgor xolatini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi karikaturasini taqdim etadi. O‘zbek fermerining boshi yil o‘n ...
16 sentyabr 2021
O‘zbekistonda turk sarmoyasi asosida ishlaydigan to‘qimachilik shirkatining sobiq rahbari¸ 60 yoshli turk vatandoshi Najat Taylanli “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda ...
10 oktyabr 2018
Jizzax viloyati paxta dalalarida 3-4 oktyabr kunlari monitoring o‘tkazgan huquq faollari viloyatning Arnasoy, Do‘stlik va Paxtakor tumanlarida byudjet idoralari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...