Asosiy mavzular
13 oktyabr 2016

Gulnora Karimova nomidan navbatdagi tvitter jangi

Gulnora Karimova deya ishonilayotgan Afina@zabitaya1972 yuzeri bugun akkauntining buzilgani haqida xabar qoldirdi.

rasm4015«Mening qadrdonlarim, mening profilimni buzishdi! Butun kun bo‘yi men, o‘z profilimni tiklashga harakat qildim. O‘n minut avval buni uddalashga muvaffaq bo‘ldim» deya tvit qoldirdi u 11 oktyabr kuni.

Bundan sal o‘tib, u ingliz tilida: «Men faqat bolalarimni qaytarib olishni istayman. Shu kunlarda bor yo‘q orzuim shu» degan izohni qoldirdi.

«Balki bu mening so‘nggi tvitim»

rasm4016Eltuz.com nashri muxbiri Afina@zabitaya1972 yuzeri bilan 9 oktyabrda bog‘lanishga muvaffaq bo‘lganida u privatda «Qandaydir jiddiy narsalar yuz berayotganini aytib: «Islomni zo‘rlik bilan Toshkentga keltirishdi. Aftidan bu mening so‘ngi tvitim. Shoshilib yozayapman. Bu haqda xabar bering» degan tvit qoldirgan edi.

Bir necha kun avval, 4 oktyabr kuni esa o‘z onasiga nolalari tarzida bitilgan maktubida u stilistikasi jihatidan 2013 yilgi akkaunt egasiga o‘xshash ohangda bir maktub e'lon qilgandi.

Maktub muallifi, O‘zbekiston muvaqqat prezidentini «yangi o‘g‘il» deya kalaka qiladi, MXX raisi Rustam Inoyatovni esa «toj soqchisi», «cho‘loq» iboralari bilan ataydi. Uning yonida otasi davrida quvilgan dushmanlari – Calim Abduvaliev, Hayot Sharifxo‘jaevlar borligini aytadi.

«Endilikda u quvilgan dushmanlar bilan suhbatlashayotganida pardalarni yopmaydi. Barcha urilganlar umumiy oilasiga aylangan. Salim choy quyadi… Sharif asal uzatadi…» deydi Gulnora Karimova deya iddao etilayotgan shaxs.

«Aftidan meni ezib yo‘q qilishdi, zo‘rg‘a nafas olayapman — demak rasman tirikman» deya davom etadi u.

rasm4011«Mehmonlar kelishdi… Otishga olib ketishadi chog‘i…»

9 oktyabr kuni qoldirgan so‘nggi tvitlaridan birida, ayni yuzer uni yo‘q qilishga kelishgani haqida yozadi.

Oradan ko‘p o‘tmay haqiqatan ham Tvitterdagi bu akkaunt va undagi barcha tvittlar jumladan privatdagi yozishmalar mutlaqo o‘chdi.

Biroq, ertasi kuni mazkur profil mutlaqo yangi tvitlar bilan ochildi va unda Gulnora Karimovani kalaka qiluvchi izohlar qo‘yila boshlandi.

rasm4012
Yuzerlardan biri Lolani taniganini aytib, undan Gulnoraning telefonini qaytarishini so‘radi

Ayrim tvitlarda Gulnora Karimovaning Zeromaks bilan bog‘liq janjali, unga Qur'onning qadimiy nusxasini xadya qilgani uchun muftiy janoblarini shaxsan taqdirlaganiga oid kompramatlar bor.

Shuningdek, tartibsiz bir tarzda birin ketin, uning muzeydan qimmatbaho rangtasvir asarlarni o‘g‘irlagani, yarim yalang‘och ziyofatlarda qatnashgani uchun «kommunist otasi»dan ta'zirini yeganiga oid, ba'zan uyat so‘zlar aralash tahqiromuz tvitlar paydo bo‘la boshladi.

Profil egasi tomonidan, uning akkauntini buzgan, yanayam ochiqrog‘i Lola Karimova deya iddao qilinayotgan shaxsning 11 oktyabr kuni qo‘ygan so‘nggi tvitida ham Gulnora kalaka qilinadi.

«Men bolalar oldida gunohkorman, mening odamlarim bolalar bog‘chalariga tegishli hududlarni mening buyrug‘imga ko‘ra tortib olishdi… Kechirasizlarmi?» deya yozadi u.

Afinaning urush olovi tezgina so‘ndimi?

Maqola boshida aytganimizdek, Afina@zabitaya1972 yuzeri 11-oktyabr kuni profilini qayta tiklaganini bildirdi.

rasm4014
«Urush ma'budasi»ning bugungi tvitlari faqat o‘z farzandlari haqida bo‘ldi

Eltuz.com muxbirining privat yozishmalarida u hatto o‘zining selfisini jo‘natdi. Biroq, uning bugun e'lon qilgan ochiq tvitlarida Urush ilohasi Afinaga, yoki bundan bir necha kun burungi tvitter yuzeriga hos jangarilik ko‘rinmaydi.

Har holda u bugun, oldingi tvitlaridagi kabi Rustam Inoyatov, Salim Abduvaliev, G‘ofir Rahimov, Hayot Sharifxo‘jaevlarga qarshi kompramatlar yog‘dirmaydi va Shavkat Mirziyoevning «bir joylarini yalab yulqayotgan» Yulduz Usmonova haqida ham yozayotgani yo‘q.

Bugun qo‘yilgan barcha tvitlari uning otasi Islom Karimov, o‘g‘li va qizi haqida bo‘ldi.

Shuningdek bugun, 2013 yilgi tvit janglaridan farqli, Gulnora Karimova atrofida uning fanatlari sezilarli darajada kamaygani, uning shaxsiga nisbatan befarqlik va shuningdek, ayrim tarafdorlari va muxoliflari uning haqiqiy Gulnora ekaniga shubha bilan qarayotganini ham kuzatish mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 18 yanvar sonini taqdim etadi.+++Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Samoq MFYda qor erishi oqibatida sel yuzaga ...
14 aprel 2017
Samarqanddagi mobil muxbirlar, Oqilovning uyi surati, videosi va uning yaqinlari haqidagi maqolani e'lon qildi. Oqilov yashagan mahalladagilar, nashr muxbiriga ...
20 sentyabr 2016
Amerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) ...
18 yanvar 2019
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...