Asosiy mavzular
29 noyabr 2016

Dilorom Amirxamzaeva: «MXX podpolkovnigiga xotin bo‘lib baxt topmadim»

Chirchiqlik 41 yoshli Dilorom Amirxamzaeva ismli ayol, eri, MXX podpolkovnigi bo‘lgan To‘raboy Amirxamzaev uni bolalari bilan uyidan haydab chiqargani haqida huquq himoyachilariga arz qildi.

29 noyabr kuni O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘XA) tarqatgan xabarga ko‘ra, ikki bolasi bilan yashayotgan bu ayol, keksa MXX zobitiga turmushga chiqib, erining familiyasiga o‘tgan.

Biroq ZAGSdan so‘ng, eri bilan ro‘shnolik ko‘ramagani, uning har kuni aroq ichib, fohishalar bilan bilan yurish, qo‘shnilar ustidan chaquvlar yozishini aytadi.

Ayolga ko‘ra, alkogol va erkaklik potentsiyasini ko‘taradigan xar xil dorivorlar ichaverib, To‘raboy to‘shagiga xojatini chiqarib qo‘yadigan odat chiqargan, uning ichki lozimi va ko‘rpa to‘shaklarini tozalash ham ayolning vazifasi bo‘lgan.

Eri shuningdek, uyga har qanday odamni taklif qilishni taqiqlagan. Nikohigacha bomj kabi uy jixozlarisiz yashagan, Diloromning o‘zi gilam va ayrim uy jihozlariga pul sarflashga majbur bo‘lgan.

Bugungi kunda, O‘XA tarqatgan xabarga ko‘ra, ayol uyidan haydalgan. Uning eri sudga ariza bergan. To‘raboy o‘z xizmat vazifasidan foydalanib uning farzandlari kelajagini ham badnom qilishi mumkinligini aytib dag‘dag‘a qilmoqda.

Ayolning bildirishiga ko‘ra, To‘raboy hamisha yonida dokaga o‘ralgan pichoq olib yuradi. Oldingi xotinini ham, Turkiyada foxishalik qilganlikda ayblab bolalariga qo‘shib haydab yuborganini aytadi.

Eltuz tahririyati voqeani o‘rganish uchun ayolning eri MXX podpolkovnigi To‘raboy Amirxamzaev bilan bog‘lanishga ikki marta urinib ko‘rdi. Biroq, u dastlab Eltuz muxbiri unga o‘zini tanishtirganidan so‘ng, o‘zini eshitmaganga soldi. Ikkinchi bor qo‘ng‘iroq qilganida esa boshqa telefondan qo‘ng‘iroq qilishni so‘rab go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 dekabr 2019
«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni ...
30 mart 2021
Muzrabot tumanidagi sudda ayon bo‘lishicha, termizlik 41 yoshli bloger Sattoriy yillar davomida barcha mulozimlarga dahshat solib kelgan. «Eltuz» rassomi ...
11 mart 2021
Andijon shahrida yashovchi B.B. qizida OIV (odam immun tanqisligi virusi) aniqlangani bo‘yicha “Eltuz”ga murojaat qildi.  Unga ko‘ra, hozir 17 ...
5 may 2016
O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...