Asosiy mavzular
22 dekabr 2016

Bosh muharrir hokim jurnalistlarning og‘zini moylab turishi bilan maqtandi

«Hurriyat» gazetasida (21.12) bosma nashrlar haqida chop etilgan maqola sarlavhasini o‘qib, unda dolzarb masala ko‘tarilgan ekan, deb o‘ylashingiz mumkin.

«Rasmiy gazetalar o‘z obunachilarini topa olmaydimi?» sarlavhali bu maqola «Ba'zida odamlar o‘rtasida «Rasmiy gazetalar qiziqarli emas», degan fikrlarga guvoh bo‘lamiz», deya boshlanadi.

Ammo maqola davomida sarlavhaga chiqarilgan savolga javob topaman deb ovora bo‘lmang. Chunki uni o‘qiganingiz sari maqola muallifi, «Qiziltepa tongi» gazetasi bosh muharriri aslida bu niyatda qog‘oz qoralamagani oydinlashib boraveradi.

Buning o‘rniga, u o‘z gazetasining xaridorgirligi, xalqni qiziqtiradigan mavzularni yoritayotganiga e'tibor qaratib, mohiyatan o‘zini maqtashga o‘tib ketadi.

Maqtanish jarayonida muallif tuman hokimi har yili mustaqillik arafasida maxsus tadbir o‘tkazib, jurnalistlarning og‘zini moylab turishini bildirib qo‘yadi.

Bu e'tirofni o‘qiganingizdan keyin nega jurnalistlar amaldorlarni tanqid qilishga jur'at eta olmasligini anglaganday bo‘lasiz.

Chunki hokim har yili jurnalistlarni «faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar» bilan taqdirlab turgandan keyin uni tanqid qilib bo‘ladimi?!

Yegan og‘iz uyaladi-ku axir!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2024
11-dekabrdan 15-dekabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasi mashhur rejissyor Stefano Podaning zamonaviy ...
26 yanvar 2022
Xolli qabristonni o‘ychan qiyofada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, o‘yga cho‘mgan xolda, shahar bo‘ylab moshinani boshqarib ...
20 mart 2020
20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirilgani qayd etilgan shaxslar soni 33 nafarga yetdi. Dastlab O‘zbekiston epidemiologiya markazi Frantsiyadan qaytgan ...
11 sentyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqni tovuqboqar qilish tashabbusi olg‘a surilganiga ham bir jo‘janing tuxum qilish yoshiga yetishidan ko‘ra ko‘proq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...