Asosiy mavzular
23 dekabr 2016

Munisani tanqid qilgan imom Gulnorani nishonga oldi

Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Munisa Rizaeva haqidagi chiqishi yuzasidan yozilgan tanqidiy munosabatga Feysbukdagi o‘z sahifasida javob yozdi.

«Round Run» klipi muallifi Gulnora Karimova imomning fotixasini olmoqda

Bundan ilgari, 7 dekabr kuni imom Shermurod Tog‘ay mashhur o‘zbek xonandasi Munisa Rizaevani “shahvat qo‘zg‘atuvchi” deya ayblab chiqqan edi.

«40-yil xizmat qilsang ham senga ishonch yo‘q. Ertaga sotilib ketishing mumkin. Bu gapni bejiz aytmayapman, Munisa Rizaeva to‘g‘risida yozgan maqolamdan keyin meni terrorist, uzun saqol deb haqorat qilishdi» deya yozg‘irdi imom 20 dekabr kuni o‘zining feysbukdagi mikroblogida.

Shuningdek imom bu safar nafaqat bu qo‘shiqchiga balki «o‘zbekcha ashula aytib, o‘rischa gapiradigan, o‘zbekcha o‘ynab, «ya uzbekskogo yazika neznayu», deb ishva qilib yigitlar hirsini qo‘zg‘ab, qizlarimiz hayosini buzadigan barcha yallachiyu otarchilarga» shunday murojaat qildi:

«Qo‘shiq aytishdan oldin o‘zing eshit, keksalarga ko‘rsat, ustozlardan so‘ragin shu qo‘shiqni aytsam bo‘ladimi yo‘qmi, yoshlarni yo‘ldan urmaymanmi, Alloh taolaning g‘azabiga uchramaymanmi, deb so‘ragach ashula aytish kerak»

Shu asnoda imomning baxstalab, almoyi-aljoyi fikrlaridan yana biri shunday yangraydi, «Goho o‘ylayman turklar tilimiz yaqin bo‘lsada bironta o‘zbekcha ashula aytganmi?»

Uning gaplaridan beixtiyor Cho‘lpon hayolimizga keldi.

Haqiqatan ham o‘zbeklar «Yasha Moskva!» deya rusning qo‘shiqlarini kuylab, o‘z oydinlarini qatl qilayotgan bir davrda, turklar o‘zbek shoiri Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she'rini kuylayotgan, sevib tinglayotgan edilar.

«Qolaversa, kimligini aytmayman, madrasalarda kimnidir sakratib, yarim yalong‘och bo‘lib, azizlarni haqoratlab qo‘shiq aytganlardan xor bo‘lgan insonni ham bilasizlar» deydi u shuningdek prezident Karimovning qizi Gulnora haqida.

Ayni imomning yuqoridagi so‘zlaridan kelib chiqsak, o‘z navbatida Gulnora ham imomning keksa ustozlaridan so‘ramaganmidi nima qilishi kerakligini?

«Haqiqiy san'atkorlar misol uchun Munojat Yo‘lchievaga o‘xshab ashula aytsin, bironta odam basharang qursin hayosiz, iymonsiz deb qarg‘amaydi» deya «maslahat» beradi «Tinchlik» masjidi imomi o‘zbek xonandalariga.

Imom shuningdek, o‘zining ham san'at shinavandasi ekanini aytib, Shukur Burxon, Komiljon Otaniyozov kabi san'atkorlarni «qalbida saqlashi»ni bildirarkan, uning hamkasblari tomonidan umuman islomda qo‘shiq va musiqaning xarom ekanligiga oid fikrlar ham yangraydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 fevral 2016
Elsevar o‘zining yangi hajviy suratini Toshkentning «qizil chiroq»lariga bag‘ishlaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
20 yanvar 2021
Shariat taqiqlagani bois qo‘shiqchilikni tark qilgan Jahongir Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum ...
17 yanvar 2021
Nasafiy taxallusi bilan ijod qilayotgan 23 yoshli qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov o‘zining ma'muriy javobgarlikka tortilganini internetda tarqalgan xabarlar orqali bilganini ...
13 dekabr 2017
12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi. XMT saytidagi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...