chorshanba,
18 dekabr 2024
15 fevral 2017
Turkiyada o‘zbek yigitni pichoqlab pulini o‘marishdi
Karabuk shahrida O‘zbekiston vatandoshi 39 yashar Jamshid Raimov, pichoq bilan qurollangan uch kishi tarafidan kaltaklanib, 1000 dollar pulini oldirdi.
Karabukdagi jurnalist Buland Diktepaning Eltuzga habar berishicha, Karabuk shahrida doimiy istiqomat qiladigan opasini ko‘rishga kelgan Jamshid seshanba kuni peshinda Universitet mahallasida ketayotganida uch kishining hujumiga uchragan.
Hujumchilar Jamshidni boldiriga pichoq sanchib, pullarini olib qochib ketishgan.
Yarador o‘zbek yigiti Karabukdagi kasalxonaga keltirilgan.
Vrachlar politsiyaga habar bergani ortidan o‘zbek mehmonga hujum qilganlar qidirila boshlangan.
Karabuk politsiyasi mehmonga tajovuz va talonchilik iddaosi ortidan surishtiruvni davom ettirmoqda.
Eltuz.com