chorshanba,
18 dekabr 2024
22 fevral 2017
Muhammad Bekjon ozodlikka chiqdi!
18 yil qamoqda bo‘lgan taniqli jurnalist, 63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqdi.
Norvegiyada yashayotgan uning ukasi Maqsud Bekjoning Eltuz muxbiriga bildirishicha, u bir necha daqiqa oldin akasi Muhammad Bekjon bilan gaplashgan.
Maqsud Bekjonga u telefonda o‘zining sog‘ salomat turmadan chiqqanligini bildirgan.
Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Eltuz.com