Asosiy mavzular
11 mart 2017

Gugush 16 yil qamoqqa hukm qilindi

Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan taniqli qo‘shiqchi va kino artisti Gugushni Eron Inqilobiy mahkamasi 16 yil qamoq jazosiga sirtdan hukm qildi.

Gugush 2000 yildan buyon Los Anjelesda yashaydi

Gugush 2000 yildan beri AQShning Los Anjeles shahrida yashab keladi. Inqilobiy mahkama hukmi Eron rasmiy nashri bo‘lgan “Himoyat” gazetasida e'lon qilindi.

Gugush bilan birgalikda hijratda yashayotgan Eron dissidentlari jurnalist Nekoxang Kavasar, bloger Marziya Arman, fotograf Toro Iynonlu, GTV telekanali rahbari Said Karimiyon va tarmoq aktivisti Amin Anvarii Rustami ham uzoq muddatli sirtqi jazoga hukm qilindi.

Ular Eronnig “tinch-osuda” hayotini ko‘ra olmaslik, mamlakat rahbarlarini qoralash va milliy xavfsizlikni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan qo‘poruvchilikda ayblanishgan.

Eron mutaassib rejimi tarafidan 16 yilga hukm qilingan qo‘shiqchi Gugush 2002 yilda kuylagan «G‘aribi-Oshno» qo‘shig‘i BBS versiyasi bo‘yicha Sharqning eng ommabop qo‘shig‘i deb e'tirof qilingan edi.

Ko‘chalarga suvlar sepdim, yor kelganda to‘z bo‘lmasin…

Gugushning asl ismi Foiqa Otashin. Gugush uning tahallusi.

Sovet Ozarbayjonidan qochib Eronga yerlashgan ozariy san'atkor oila Sobir va Nasrinning qizi Foiqa 1950 yili Texronning ozariylar yashaydigan Sariqchashma mavzeida tug‘ildi.

Gugush 7 yasharlik paytida otasi bilan saxnalarda qo‘shiq kuyladi.

Eronda suratga olingan filmlarda suratga tushdi.

1971 yili Gugush Frantsiyadagi Kann musiqa festivalida “Retour de la ville” va “J’entends crier je t’aime” qo‘shiqlarini frantsuz tilida ijro qilib, bosh sovrinni qozondi.

Bu davrga kelib, Gugush Erondagi eng mashxur qo‘shiqchiga aylanib ulgurgan edi.

Ulkan stadionlarga yig‘ilgan minglab eron yoshlari “Man omadayam” qo‘shig‘ini Gugushga jo‘r bo‘lib kuylashar edi.

Gugushning jarangli ovozi istiqboliga minglab qo‘llar cho‘zilgan edi…

Eronda yuz bergan Islomiy inqilobdan so‘ng, 1979 yilda mamlakat ulamolar kengashi Gugushga qo‘shiq aytishni ta'qiqlab qo‘ydi.

Gugush Erondan chiqib ketganida, Tehrondagi ozarbayjoncha gazetalar “Oqqush o‘z ko‘lidan ayrildi” deb yozishdi.

Ashulachi o‘ziga tahallus sifatida tanlagan Gugush kalimasi ozariy tilida Gu qush (Oq qush) ma'nosini beradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2016
28 yashar rus taksichi qizning pullarini olib, o‘ldirib, keyin mashinasiga o‘t qo‘ygan 24 yoshli Sotvoldiev 14 yarim yil qat'iy ...
30 sentyabr 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida shvetsiyalik o‘zbek muhojiri Do‘stnazar Xudoynazarov qizil va oq baliqdan «oltin baliq» qanday tayyorlanishini namoyish qiladi. ...
13 fevral 2024
17 ta fermer xo‘jaliklari birlashib tashkil etgan “Eko Zamin Oltin Tolasi” ishlab chiqarish kooperativi (IChK) ishi.   Fermerlar 2023 ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...