Asosiy mavzular
22 mart 2017

Terrorchi Masharipov bekingan uydan o‘zbeklardan talangan dollar chiqdi

Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning talanishi bilan bog‘liq ikki jinoyat ishi birlashtirildi.

Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan Abduqodir Masharipov

Turk matbuotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 23 iyun kuni Istanbulning Yenibosna mavzeida O‘zbekiston vatandoshidan qaroqchilik yo‘li bilan tortib olingan 1 million 900 ming dollar pulning bir qismi Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan Abduqodir Masharipov berkingan uydan topilgan.

O‘tgan yili qaroqchilar hujumiga uchrab pulini oldirgan O.Ye. ismli o‘zbek vatandoshinimng politsiyaga shikoyatida o‘g‘irlatgan dollarlarning seriya nomerlari va boshqa tafsilotlarni aytgani jinoyatni topishda ip uchi bo‘lgan.

Turkiyadagi nufuzli Hurriyat gazetasi 1 million 900 ming dollar pulning hammasi Masharipov berkingan uydan chiqqanligini yozadi.

Bundan oldin boshqa nashrlar Masharipov berkingan uydan bir yuz to‘qson yetti ming dollar atrofida pul chiqqanligini yozishgan edi.

Bu jihatga mahkama oydinlik kiritishi kutilmoqda.

Mahkamadan turk matbuotiga sizgan ma'lumotga ko‘ra, IShID jangarilari o‘zbekiston vatandoshining 1 million 900 ming so‘mini qurol o‘qtalib tortib olgan.

Kuppa kunduz kungi qaroqchilik

Istanbul-Toshkent reysi atrofida shubhali atmosfera hukm suradi

Eltuz nashri o‘tgan yili o‘zbek vatandoshining qaroqchilar hujumiga uchraganini Ota-Turk aeroportidagi o‘z manbalariga tayanib yozgan edi.

Bu maqolada 2016 yilning 23 iyun kuni tushlik paytida Istanbulning Yenibosna mavzeida O‘zbekistonlik tadbirkor (balki mulozim) O.Ye. yo‘lto‘sar qaroqchilar hujumiga uchragani yozilgan edi.

Maqolada aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi O. Ye. Toshkent-Istanbul uchog‘i vositasida O‘zbekistondan keltirilgan bir million to‘qqiz yuz ming naqd dollarni Otaturk aeroportidan olib o‘z mashinasida shahar tomonga yurgan.

Avtomobil Yenibosna (Yenibosna) mavzeiga yaqinlashganda qurollangan uch yo‘lto‘sar tarafidan kurshovga olinib to‘xtatilgan.

Oldin ta'qib so‘ngra talon

Talonchilar O‘zbekiston fuqarosini peshonasiga to‘pponcha tirab pul solingan sumkani tortib olib qochib ketishgan.

O‘g‘irlik atrofdagi xavfsizlik kameralari nigohiga tushdi. Videotasvirlarni taxlil qilgan turk politsiyasi talonchilar o‘zbek puldorini aeroportdan boshlab ta'qib qilgani va qulay payt kelgani hamon talonchilikka o‘tganini bildirdi.

Voqea yuzasidan boshlangan surishtiruv asnosida talonchilarning IShID mansublari ekani aniqlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 may 2021
Zihi davroniy, Farxunda nishoniy. Zamon o‘ldi – O‘rusiya zamoni. Furqat Hormang, Ramazon oyida ro‘zalarni tutib, qalblari iymon nuriga to‘layotgan ...
2 noyabr 2023
Rassom Tuz
8 avgust 2018
Rassom Tuz bugun e'tiborni Rossiya propagandasining «qonxo‘r enaga» fojiasidan Markaziy Osiyo muhojirlariga qarshi foydalanayotgani mavzuiga qaratadi. Rassom Tuz 2016 ...
21 yanvar 2021
«Eltuz» 21 yanvar kuni satira yo‘nalishidagi to‘rt minuntlik yangi animatsion filmni taqdim qildi. Bunda o‘zbek fermerlarining xonavayron bo‘lishiga sabab ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...