Asosiy mavzular
23 mart 2017

Boris Grebenshikov Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi

Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshikov yaqinda qamoqdan chiqqan jurnalist, Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi.

Eltuz muxbiri bilan suhbatda sobiq siyosiy tutqun Muhammad Bekjon mashxur qo‘shiqchi e'tiboridan xursandligini bildirdi.

«Men ochig‘i sira kutmagandim men uchun sevimli qo‘shiqchidan bunday maktub olishni», dedi sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjon.

21 mart kuni Amnesty International Amnesty International tashkiloti tarqatgan bu xushxabarni unga qizi Oygul yetkazgan.

«Boris kontsert oldidan saundchekni bir zum to‘xtatib, stolga o‘tirdi, Muhammad Bekjon bilan birdamlik maktubini yozdi, qisqa biroq hayajonli qo‘llab quvvatlash xatini», deya bildirdi bu haqda Amnesty Internationalning Rossiya vakolatxonasi direktori Sergey Nikitin.

Chorak umrini nohaq turmada o‘tkazgan o‘zbekistonlik jurnalistning qismati bilan kimning ishi bor?» kabi ritorik savolni qo‘yarkan, Nikitin shunday javob beradi.

«Bizning ishimiz bor. Bu nohaqlikni o‘z dardi deya biluvchilarning ishi bor».

U shuningdek, o‘zbek jurnalistining ozod etilgani haqidagi quvonchli xabarni yetkazish uchun Boris Grebenshikov bilan uchrashganini yozadi.

«Umid qilamiz, u rossiyalik xonanda va shoir maktubini olishdan juda hursand bo‘ladi. Tag‘in Boris Grebenщikovdan. Akvarium lideri, afsonaviy musiqachidan. O‘zganing dardiga befarq bo‘lmagan, nohaq panjara ortiga tashlanganlar haqini so‘rayotgan insondan».

Rossiya rok musiqasi asoschilaridan biri, «Akvarium» guruhi qo‘shiqchisi, «Sirli o‘zbek» deya nomlangan qo‘shig‘i bilan tanilgan Boris Grebenshikov, bundan bir yarim yil avval, nohaq qamalgan jurnalist Muhammad Bekjonni ozod qilish aktsiyasida ishtirok qilgan, uning portretini ko‘tarib tushgan fotosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan edi.

O‘zbekistonliklar uning “Sirli o‘zbek” qo‘shig‘i orqali yuksak iste'dod egasi Boris Grebenshikovni yaxshi taniydilar.

Sirli o‘zbek

Boris Grebenshikov – Muhammad Bekjonga xat yo‘llagan afsonaviy roker

(Mirza Anvar Hamidov tarjimasi)

Andishaning og‘ir damlari
keldi va ketdi…
Shon-shavkat qo‘li yondi va kullari tarqadi
Bu qorishiq ham to‘kilib ketdi.

Quvnoq va shoyon yurganlarga yetkazing
Zotan sirli o‘zbek shu yerda
Chidadik biz uzoq, hormayin,
Sirli so‘zni unutgan misol.

Ko‘kka ko‘tarilmoq juda ham qiyin.
Garchi darcha ma'lum,
qansharda devor….

Dudmallik davri ham topdi intiho.
Qonli ko‘ylagimiz oldi alanga.
Zulmning bo‘g‘ziga bosib biz, Borho!
Erk qushin uchirdik ko‘kka, balandga!

Zamona zo‘rniki, eh, bu zamonlar!
Ayting o‘sha dajjol, cho‘tir darg‘aga:
Sirli o‘zbek kelgan allaqachonlar,
Erk qushi chang soldi kazzob qarg‘aga.

18 yil qamoqda bo‘lgan jurnalist Muhammad Bekjon 63 yoshida qamoq muddatini ortig‘i bilan o‘tab 22 fevral kuni ozodlikka chiqqan edi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2022
Joriy oyda O‘zbekiston hisob palatasi, korruptsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi, monopoliyaga qarshi qo‘mita, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mudofaa vazirligi, harbiy ...
21 avgust 2017
1961 yil Buxoroda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1995 yil fevralda O‘zbekistondan chiqib ketgach, avval Bi Bi ...
10 aprel 2016
O‘zbekiston dorixonalarda sotiladigan dori-darmonlarning anchagina qismi noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi yoki qalbaki ekani to‘g‘risida ko‘p aytiladi. «Diyonat» gazetasi ...
26 may 2018
“Hayt!” degandan hadahalab yugurgilash kerak emas. Oldin u yoq-bu yoqqa qarab olish ham kerak. Hammamiz eyforiya holatidamiz. Sarmastlik tarqaydi, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...