Asosiy mavzular
8 aprel 2017

Ctokgolmda mashinani olomon ustiga haydagan kishining o‘zbek ekani gumon qilinmoqda

Stokgolmdagi terakt bo‘yicha O‘zbekiston vatandoshi ushlangan. Foto: Aftonbladet.se

Bu haqda yozgan, Shvetsiyadagi nufuzli Aftonbladet nashriga ko‘ra, 7 aprel kuni mashinani olib qochib olomon ustiga haydagan shaxs 39 yoshda va to‘rt farzandning otasi.

Xabarda gumonlanuvchining ismi aytilmaydi. Nashrning bildirishiga ko‘ra, u Stokgolmning chekka qismida yashaydi va qurilish shirkatida ishlaydi.

Shuningdek, yuk mashinasi Spendrups pivo shirkatiga mansub ekani ma'lum.

Eltuz muxbiri gumonlanuvchining oilaviy fotosuratlarini ko‘rdi ammo jurnalistik etika nuqtai nazaridan e'lon qilmaslikka qaror berdi.

Gumondorning tanishi rad qiladi

Qo‘lga olingan erkakning ayol tanishi Aftonbladet muxbiri bilan suhbatda, u «hech qachon siyosat yoki din haqida gapirmagani, faqat ish va oilasiga pul jo‘natish tashvishida bo‘lgani»ni bildirigan.

Ayolga ko‘ra, uning to‘rt nafar farzandi bor va u o‘zbekning teraktga aloqasi borligiga ishonmaydi.

Aftonbladet ma'lumotiga ko‘ra, ushlangan o‘zbekning feysbukida IShIDga oid tashviqot materiallari topilgan. Ammo feysbukda tashviqot maqolalari mavjudligi uning terrorchi ekanligini isbot qilish uchun yetarli emas.

Nima bo‘lgan edi?

Yettinchi aprel kuni, noma'lum shaxs yuk mashinasida Stokgolm markaziy ko‘chasi Drottninggatanda bir necha odamni bosib ketgan va Åhlens cavdo markazi binosiga borib urilgan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra to‘rt nafar odam halok bo‘lgan, 15 odam jabrlangan.

Shved hukumati hodisani terakt deya baholamoqda.

Kunduzi poytaxt markaziga boradigan yo‘llar, jumladan metro stantsiyalari to‘xtatilgan.

Aftonbladet boshqa bir xabarida shuningdek, Stokgolmning Arlanda aeroportiga yaqin Marshta mavzeyidan ushlab kelingan bu shaxsning aybiga iqror bo‘lganini bildirgan edi.

Shuningdek, shved matbuoti xabarlarida uning sherigi ham qidirilayotgani aytiladi.

Internetdagi ayrim munozara saytlarida 7 aprel kechqurun ushlangan shaxs 39 yoshli Rustam Ahmedov ekanini aytishmoqda.

Ammo bu ism rasmiy habarlarda yo‘q.

Eltuz voqeani kuzatishda davom etadi. Nashrimizni kuzatib boring

Qudrat Bobojon
Shvetsiya, Stokxolm
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2021
Rassom Kirpi
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
21 may 2023
Maktabning tashkilotchilari to‘g‘risida ma'lumot: Mulla Bekjon Raxmon o‘g‘li 1887-yilda Xivada ma'rifatli oilada tavallud topdi. Uning otasi Rahmonbergan mahram Xiva ...
17 avgust 2017
Matluba Azamatova 1965 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutida tahsil olgan. Britaniyaning IWPR instituti va Bi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...