Asosiy mavzular
18 aprel 2017

Majburiy obuna – o‘zbek nashrlarining jon tomiri

Davriy nashrlarga obuna ixtiyoriy ekani aytib kelinadigan O‘zbekistonda chiqadigan gazetalardagi maqolalardan aslida buning aksi ekani ko‘rinadi.

Ayni muammo Jizzax viloyati maktablaridagi obuna masalalariga bag‘ishlangan «Jamiyat» gazetasidagi (14.04) «Obuna «o‘yini»: tanqid va taxmin» sarlavhali maqolada o‘z aksini topdi.

Garchi muallif o‘zi istamagan bo‘lsa-da, davriy nashrlarga obuna ixtiyoriy ekani aytib kelinadigan O‘zbekistonda aslida bu masala butunlay majburiy ko‘rinishga ega ekaniga ishora berib qo‘yadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Zafarobod tumanida 2017 yilda «markaziy nashrlarga obuna rejasi atigi 33,3 foiz bajarilgan».

«Vaholanki, obunani yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan viloyat va tuman hokimlarining maxsus farmoyishlari bor. Bu hujjatlarda qaysi nashrga qancha nusxada obuna bo‘lish zarurligi aniq-tiniq belgilab qo‘yilgan», deyiladi gazetada.

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda nashrning tirajini uning saviyasi emas, balki hukumatga qanchalik yaqinligi belgilaydi.

Garchi mamlakatda hukumatga moyil bo‘lmagan gazeta chiqmasa-da, ularning ichida qaysisi «xotinlarning eng yaxshisi» qilib tanlanishi tirajni ko‘paytirish uchun muhimligini maqoladan yuqorida keltirilgan parchalar ham isbotlab turibdi.

Shuningdek, maqolani o‘qib, bunday majburiy-ixtiyoriy obuna uchun o‘quvchilarning qancha puli ketishini ham bilib olish mumkin.

Masalan, Do‘stlik tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri joriy obuna mavsumida tumandagi o‘qituvchilarning har biri o‘rtacha 450-500 ming so‘mlik gazeta-jurnallarga obuna bo‘lganini aytar ekan: «Bundan ortig‘iga xodimlarning imkoniyati yetmaydi», deb muxbir oldida o‘zini oqlagan bo‘libdi.

Muallif garchi obuna uchun shuncha mablag‘ sarflangan bo‘lsa-da, maktablar ham, o‘qituvchilar ham gazetalarni deyarli olmayotganiga e'tibor qaratar ekan, o‘qituvchilardan yig‘ilgan mablag‘ «tuya» qilinayotgan bo‘lishi mumkinligiga ishora beradi.

Maqolada, Samarqand viloyatidagi bir maktabdan obuna masalasida kelib tushgan shikoyat xati ham keltirib o‘tilgan.

Bu xatda shikoyatchi o‘zi ishlaydigan maktabda obuna uchun har bir o‘qituvchi va xodimning oylik maoshidan 21 foizdan ushlab qolingani, shuningdek, o‘quvchilardan ham pul yig‘ib olinganini, ammo obuna bo‘lingan gazetalarni hech kim ko‘rmayotganini bildirgan.

«Obuna bahonasida o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolingan millionlab pullar qaerga va qaysi maqsadda ishlatilganini tekshirib, aniqlik kiritib berishingizni so‘rayman», degan shikoyatchi gazeta tahririyatiga yozgan maktubida.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
1 mart 2020
«Abdurahmon men bilan quchoqlashib ko‘rishdi, hol-ahvol so‘rashdi. – Muhammad aka, siz meni eslamasangiz kerak, men Nazar Eshonqulning jiyani Abdurahmon ...
24 avgust 2018
Rashid Qodirov davrida shakllangan prokurorlar hali ot ustida va ular uzoqqa boradigan ko‘rinadi. Ular uzoq yillardan buyon qo‘llab kelayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...