Asosiy mavzular
25 aprel 2017

Rahmat Oqilovning chechen sherigi deya gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

23 aprel kuni Stokgolm hujumchisi Raxmat Oqilovning sherigi deya gumon qilinayotgan uchinchi shaxs qo‘lga olindi.

Qo‘lga olingan chechenning onasi o‘g‘lini aybsiz deya hisoblaydi. Foto: Expressen.se

Chechen millatiga mansub 26 yashar yigit, qurollangan va zirxli uniforma kiygan politsiyachilar tomonidan qo‘lga olinganini yozadi jumladan Ekspressen nashri.

U Skone viloyatining O‘rkellunga (Örkelljunga) mavzeyida, kvartiraga aylantirilgan eski novvoyxona yerto‘lasida onasi bilan yashab kelishgan.

Uning onasi, shved nashriga, politsiya zobitlari eshikni buzib kirishgani, o‘g‘lini yerga bosib, qo‘liga kishan solishganini aytadi.

Ona bola kvartiraga aylantirilgan novvoyxonaning kam yorug‘ tushadigan podvalida yashashgan.Foto: Expressen.se

Maxbusning onasi vatanida qodirovchilarning o‘g‘liga qiynab azob berishgani, jumladan rezina kaltak bilan boshiga urishganini eslaydi.

«Dastlab men ularni Grozniydan jo‘natilgan spetsnaz deb o‘yladim. Politsiyachilarning harakati menga o‘shalarni eslatdi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati o‘g‘lini Ukrainadagi urushga jo‘natmoqchi bo‘lgan, shu bois ular vatanni tark etishga majbur bo‘lishgan.

Ular Shvetsiyaga 2014 yili Germaniya orqali kelishgan. Bu Rahmat Oqilovning kelishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.

«O‘g‘limni xato ayblashayapti», deydi maxbusning onasi.

Bundan ilgari matbuotda, Raxmat Akilovning telegram tarmog‘ida chechen sherigi bilan yozishmalari oshkor qilingan edi.

Shaxsiyda yozgan xatlarida Aqilov bombani qanday tayyorlash kerakligi haqida so‘ragan va bu haqdagi instruktsiya olgan. Bundan tashqari, 7 apreldagi voqeadan so‘ng ham xat yozishga ulgurgan.

U Stokgolm markazida odamlarni bostirishi natijasida, kam halokat bo‘lganidan afsuslanib, „mashina boshqa yoqqa ketib qolgani“ni yozgan edi.

Gumonlanuvchi Raxmat Aqilovga tegishli bo‘lgan telegram akkauntidagi bu ma'lumotlar, birinchi tergov suroqlaridan so‘ng, yuzaga chiqdi.

Ular ona bola bir yildan beri, shu bino yerto‘lasida yashab kelishadi. Hanuzgacha, ular qonuniy yashash iqomati olishmagan.

Shved politsiyasi yangi gumondor shaxsiga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Bundan ilgari Samarqandlik Rahmat Oqilovning yana bir o‘zbekistonlik sherigi qo‘lga olingani bildirilgan edi.

Rahmat Oqilov 7 aprel kuni Stokholm markazida yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi natijada 4 kishining o‘limi va 15 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2017
“XXI asr” gazetasining (18.05) «Taraqqiyotning yangi modeli yoki «yo‘lbars shiddati»ga shaylanayotgan mamlakat» maqolasidagi iddaoga ko‘ra shunday. Maqolada Janubiy Koreya, ...
25 may 2018
Markaziy osiyolik bir guruh faollar O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli, kelib chiqishi korruptsion aktivlarning mazkur ...
5 sentyabr 2016
O‘zbekistonda qatag‘on yillarining qoralovchilaridan biri bo‘lgani iddao qilinadigan 54 yoshli Nig‘matulla Yo‘ldoshev shaxsi haqida matbuotda juda kam eshitganmiz. Nig‘matilla ...
1 iyun 2024
Bir narsadan bir narsani olsang, undan baribir qandaydir iz qoladi¸ lekin so‘z erkinligidan nimanidir olsang, uni cheklasang, undan hech ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...