Asosiy mavzular
16 may 2017

O‘zbek mobil operatori: «Notanishni rom qil!»

«Oila va jamiyat» gazetasi (10.05) mobil aloqa kompaniyalari «xizmatlarining milliy ma'naviyatimizga tahdidi» haqida bong urdi.

Unda mobil aloqa operatorlari tomonidan SMS tarzida tarqatiladigan «Notanishni rom qil», «Yolg‘izlikdan qutul», «Bahorda sevgingni top» kabi tiyiqsiz xizmatlar ortidan ma'naviyatimizga jiddiy zarar keltiradigan ofatlarni gap bilan ado etib bo‘lmasligi» aytiladi.

Maqolada SMS orqali targ‘ib qilinayotgan bunday xizmatlar ortidan oilalar buzilib ketayotgani, xiyonat va aldovlar ko‘payib borayotgani ta'kidlanadi. Hayotda uchrayotgan xuddi shu kabi holatlardan misollar keltiriladi.

Muallif mobil aloqa kompaniyalarining «bunday besharm xizmatlari milliy qadriyatlarimiz, mentalitetimizga xos odob-axloq tamoyillariga mutlaqo mos kelmasligi»ni qayd etadi.

«Birgina «Notanishni rom qil» degan jumlaning o‘zida na hayo, na andisha va na oriyat bor. Dag‘alroq izoh uchun uzr so‘raymizu, lekin «Notanishni rom qil» xizmati go‘yoki fohishalikka chorlovdek yangrayapti», deb yozadi muallif.

Gazetada nazoratchi tashkilotlar nega mobil aloqa kompaniyalarining «o‘zbekona odob-axloq mezonlariga mos kelmaydigan xizmat turlarini tarqatishiga tomoshabin bo‘lib turayotgani»ga izoh talab qilingan.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 oktyabr 2019
Rassom Tuz Eltuz.com
17 yanvar 2019
O‘zbekistonda tsenzura ostidagi Internet saytlari 16 yanvar kunining birinchi yarmida to‘satdan ochilib ketdi. Jumladan, toshkentlik muxlisning bildirishicha, «Eltuz» nashriga ...
13 dekabr 2023
“Biz tomonlarda “ko‘cha bolalari”ni “bosslar” deb atashadi. Ular ehtiyojmand o‘smirlar va yigitlarni yollab yoki qo‘rqitib, tarkibida oltin bo‘lgan ma'dan ...
15 iyun 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni kutilayotgan navbatdagi prezident sayloviga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...