Odamlarni qo‘rqitgan voqea «uchenie» bo‘lib chiqdi (video)
17 may kuni ijtimoiy tarmoqda odamlarni vahimaga soluvchi video paydo bo‘ldi.
Yo‘l-yo‘lakay mashina oynasidan olingan tasvirda, militsiya kiyimidagi shaxs oq «Neksiya» rusumidagi mashinani to‘xtatishga harakat qiladi.
Mashinadan qora niqob kiygan, avtomat qurol ushlagan va qurolsiz fuqarolik kiyimidagilar tushib kelishadi.
Ulardan biri militsiya formasi kiygan shaxsni yo‘lning o‘rtasida, asfaltga bosib, yotqizib, haydovchilarga baqira boshlaydi:
«Hayda ustiga mashinani, hayda!»
Tasvirda mashinadagi yo‘lovchilarning to‘xtab, voqeaga goh loqayd qarab turishgani, goh signal berib o‘tishayotganini ko‘rish mumkin.
Telegram va Instagram tarmog‘ida paydo bo‘lgan va Eltuz ko‘chirib olishga ulgurgan ushbu video 18 may kuni g‘oyib bo‘ldi.
Eltuz nashrining o‘rganishicha, odamlarni qo‘rqitgan videoda aks etgan voqealar 15-16 may kunlari IIV xodimlarining Buxoro shahrida o‘tkazgan o‘quv mashg‘uloti bo‘lib chiqdi.
Aholi yashaydigan hududlarda aksilterror tadbirlariga bag‘ishlangan bunday harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi O‘zbekistonda ilk bor kuzatilayotgani yo‘q.
MXX va IIB harbiylarining jamoatchilik joylarida, ko‘chalarda haqiqiy zo‘rovonlikka juda o‘xshash mashg‘ulotlarni o‘tkazishiga tinch aholining ancha ko‘nikib qolishganini ham sezish mumkin.
Video: https://youtu.be/sWJ-8a7YZEM
Eltuz.com