Asosiy mavzular
22 sentyabr 2023

Tezkor! Chustda doridan zaharlangan bolalar soni ortmoqda

Chustda zaharlangan bolalar soni bir necha yuz nafarni tashkil etmoqda. Tuman kasalxonasidagi barcha bo‘limlar bo‘shatilib joy xozirlanmoqda. 

Hattoki, yaqin atrofdagi xususiy shifoxonalarda ham joy tayyorlanmoqda, dedi Eltuz manbasi

Zaharlangan bolalarning ahvoli og‘ir emas. To‘rt nafari o‘rta og‘irlikda zaharlangan.

Ayni paytda maktablardan ham zaharlanish alomati bilan bolalar kela boshlagan.

Chustga viloyat hokimi ham yetib borgan. Ertaga yoki bugun kechqurun bosh vazir kelishi kutilyapti.

Kechadan boshlab Namanganda bolalarning doridan zaharlanayotgani haqida  bir biridan qo‘rqinchli xabarlar Eltuzga kela boshlagan edi. Hususan Chust tumanida zaharlangan bolalar soni 90 nafardan oshgani ortidan tumanda favqulodda holat yuzaga kelgani bildirildi. Bunday holat bugunga kelib Andijonda ham kuzatilgan.

Namangan viloyati Chust tumanidagi bolalar bog‘chaladidan anstrumin dorisidan o‘tkir zaharlanish bilan bolalar kasalxonaga keltirila boshladi,  deya xabar bermoqda Eltuz obunachisi. Tez tibbiy yordam bo‘limida zaharlangan bolalar ko‘pligidan shifokorlar yetishmayotgan ekan.

Hozirgacha 50 dan ziyod bolakay keltirilgan. Ularning aksari 23 bolalar bog‘chasidan keltirilgani aytilmoqda. 

Bolalar bog‘chalarida bolalarga yod va anstrumin dorisi berilgan. Shifokorlarga ko‘ra, zaharlanish shundan bo‘lgan. Zaharlangan bolalarning barchasida qayd qilish va baland isitma kuzatilmoqda.

Namanganda zaharlangan bir bolakayning onasi so‘zlariga ko‘ra, zaharlangan bolalarning ko‘pligidan ba'zilarni shifoxona qabul qilmay uylariga yuborayotgani aytildi.

Biroq bugunga kelib vaziyat yaxshilana boshlagani haqida xabarlar kela boshladi.  

Bugunga kelib bunday holat Andijonda ham kuzatilgani, kamida ikki bola zaharlangani aytilmoqda.  Mahalliy ma'sullar bergan ma'lumotga ko‘ra, Andijon viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga ikkita zaharlangan bola yotqizilgan. Hozirda ularning holati bo‘yicha ma'lumot mavjud emas. Voqealar rivojini Eltuz telegram kanalida kuzating.

https://youtu.be/nu2OW4v6IHE?si=yvlX8w8rdYydPF67
Tag‘in o‘qing
4 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Abdulaziz Karimning yangi “G‘arib og‘och” ashulasini tinglarkan qandaydir kayfiyat meni hech tark etmadi, na qo‘lim ishga ...
7 aprel 2023
Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari ...
14 mart 2024
Rassom Tuz
7 fevral 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 41-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) «G‘afur G‘ulom» nashriyotidagi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...