O‘zbek fohishalari Istanbul politsiyasi o‘qidan yaralandi
Istanbulning Pendik tumanida o‘zbek fohishalari va politsiya o‘rtasida yuz bergan qochdi-quvdida ikki ayol yaralandi. Hurriyat gazetasi muhbiri Muslim Sariyorning yozishicha, ikki o‘zbek ayoli fohishalik qilayotganda ushlanib mashinaga solinib tergov idorasiga olib kelingan. Foto: Kocaeli gazetasidan
Tergov idorasining oldidagi mashinaga bu ikki o‘zbek ayolning sheriklari hujum qilib, ularni qutqarib o‘z mashinasiga solib olib ketgan. Turk politsiyasi ularga qarata o‘t otgani oqibatida ikki o‘zbek ayoli yaralangan.
Nima bo‘lgan edi?
Istanbul politsiyasi 30 yashar o‘zbekiston vatandoshlari M.A va D.A. ismli qizlarni o‘z tanini sotayotganida ushlab Pendik Davlat Xastaxonasiga tibbiy nazorat uchun keltirgan.
Nazoratdan so‘ng politsiya ma'muri bu ikki o‘zbek ayolni tergov idorasiga olib kelgan. Hurriyat gazetasining yozishicha, avtomobilni boshqarayotgan politsiya ma'muri o‘zining ta'qib qilinayotganligini sezgan. U mashinani to‘xtatgan zahoti mashina ichidagi o‘zbek ayollar chiqib qochishgan. Ular o‘zlarini kutib turgan avtomobilga o‘tirib voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan. Politsiya zobiti o‘zbek ayollari tushgan avtomobil ortidan o‘q uzgan.
O‘q tekkan o‘zbek fohishalarini kasalxonaga tashlab ketishgan
Pendik tuman tezkor politsiyasi fohishalarni olib qochgan avtomobil hususiy kasalxona oldida turganligini ko‘rishdi.
Kasalxona tekshirilganida u yerda o‘zbek fohishalari yaralangan holda tashlab ketilganligini ko‘rishdi.
Yaralangan tarzda kasalxonada yotgan o‘zbek fohishalari politsiya nazoratiga olindi.
Bugunga kelib, o‘zbek fohishalarini qochirgan kishi ham qo‘lga olingan.
Turk politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Istanbuldagi reydlar chog‘ida o‘nlab o‘zbek fohishalari qo‘lga olinib O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Eltuz.com