Asosiy mavzular
12 iyul 2017

O‘qituvchilar endi baklashka yig‘ishmoqda

Farg‘ona viloyatining barcha tumanlaridagi aksariyat maktablarning o‘qituvchilari baklashka (salqin ichimliklardan bo‘shagan yelim idish) yig‘ishga majburlanmoqda.

«Bizning maktabimizga bir kunda 450 ta baklashka yig‘ish topshirildi», – deydi Eltuz muxbiri bilan suhbatda Buvayda tumanidagi maktablardan birining direktori.

Lekin ayni shu issiq kunlarda baklashka topish qiyin. Chunki ba'zi kishilar bo‘sh baklashkalarni yig‘ib, uni yuvib-tozalab gazsuv sotadiganlarga pullamoqda. Ba'zi maktab o‘quvchilari esa pul topish maqsadida sovuq choyni shunday baklashkalarga quyib bozorlarda, avtostantsiyalarda sotmoqda.

«Yig‘ilgan baklashkalarni tumandagi selxozximiya degan tashkilotga ya'ni qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qiluvchi qishloqxo‘jalik kimyo tashkilotiga topshirib kelayapmiz», – deb so‘zlarini davom ettirdi suhbatdosh.

Bu baklashkalardan g‘o‘zaga tushgan qurt uchun qopqon sifatida foydalanilmoqda.

Baklashkani necha kun yig‘ish, umumiy norma nechta bo‘lishi haqida direktor bilmasligini aytdi. Chunki bu kabi jamoat topshiriqlarining aniq vaqti, belgilangan me'yori yo‘qligiga barcha ko‘nikib qolgan.

O‘tgan yili, o‘qituvchi va shifokorlar ko‘sak qurtini qo‘lda terib olishga safarbar qilingan edi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2016
Ismi keltirilmayotgan O‘zbekiston fuqarosi, tergov ma'lumotlariga suyanib «Ozodlik» radiosining bildirishicha, o‘tgan yilning avgustida yangi tug‘ilgan qizchasini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Bolasining ...
5 avgust 2020
Marhum prezident Islom Karimovning kenja kizi Lola Karimova (Tillaeva) Amerikadagi uchta villasini sotuvga qo‘ydi Rassom Tuz
8 avgust 2017
Eltuz nashri o‘tgan 2016 yilning ayni 8 avgustida, o‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ...
13 aprel 2024
O‘zbekistonning barcha avtoyo‘llari 42,869 kilometrni tashkil qiladi. Povorotlar ikki xil – o‘ngga va chapga. Shu yo‘lning har bir kilometrini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...