Asosiy mavzular
25 sentyabr 2017

Jahon bankiga bosimlar bois majburiy terimchilar paxtadan qaytarildi

Mirziyoevning talabalar, o‘qituvchilar va mediklarni paxta dalalaridan qaytarish qarori, ta'kidlash joiz, Jahon banki prezidenti bosimi ostida amalga oshdi.

2015 yili «Eltuz» nashri Jahon banki loyihasini hajv qilgan edi

Biroq bankning o‘zi O‘zbekiston agrar sohasiga kredit ajratgani munosabati bilan huquq himoyachilarining bosimlari ostida qolgan, bu yilgi paxta mavsumida o‘zbek faollari O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi talabnomaga imzo yig‘ishga kirishgan edilar.

2017 yilning 20 sentyabrida Nyu Yorkda o‘tgan Bosh Assambleya yig‘ilishida prezident Jim Yen Kim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvidan so‘ng Jahon banki guruhi quyidagi bayonotni e'lon qildi:

Prezident Kim muttasil bolalar mehnatining yo‘q qilinishidagi progressni e'tirof etdi, biroq shuningdek, kattalar majburiy mehnatiga ham chek qo‘yilishiga qaratilgan harakatlar ham shunday kuchli va tezkor natijalar berishi lozim deya ta'kidladi. Prezident Mirziyoev majburiy mehnatning har qanday shaklini yo‘q qilishga ahd qilganini, hamda prezident sifatida Xalqaro mehnat tashkiloti kuzatuvchilarining butun O‘zbekiston bo‘ylab e'lon qilinmaydigan va hamroxlarsiz tashriflariga kafolat berishini bildirdi», deyiladi Jahon banki press relizida.

Jahon banki majburiy mehnat muammosini ko‘tarmasligi mumkin emas edi, chunki uning o‘zi huquq himoyachilari bosimi ostida qolgan edi. Shu yilning iyunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Germaniya forumi (UGF) va Xyuman Rayts Votch (HRW) «Biz paxta terishdan bosh torta olmaymiz» nomli hisobotini e'lon qildi, unda bank sarmoyalayotgan loyihalardagi bolalar va majburiy mehnat haqida aytilgan edi.

Video: Majburiy mehnatga qarshi Jahon banki ofisi oldida o‘tgan aktsiya, Vashington, 9 mart 2016

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
4 aprel 2021
Muhtaram o‘quvchi, siz bilan O‘zbekiston g‘arbining olis Drujba shahridagi qozonxona go‘laxi bo‘lgan Qo‘ylining Pokistondagi Peshavor shahrigacha bo‘lgan sargardonligini kuzatdik. Mana, ...
30 avgust 2019
Co‘nggi yillarda muzey va galereyalardagi saroy san'atiga muxolif ko‘cha tasviriy san'ati ancha rivoj topdi. Bu san'atni tijoratga aylantirish va ...
21 dekabr 2017
18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) guruhi O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov oilasiga tegishli ko‘chmas mulklarga oid maqolani ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...