Asosiy mavzular
27 sentyabr 2017

Nurilla Otaxonov Toshkent aeroportida hibsga olindi

27 sentyabr kuni Turkiyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan o‘zbek yozuvchisi Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurilla Otaxonov) hibsga olindi.

Yozuvchining rafiqasi Gulnora Otaxonovaning Reyterga xabar berishicha, Chorshanba kuni ertalabi, militsiya aeroportda erining qo‘liga kishan solgan va militsiya bo‘limiga olib ketgan.

26 sentyabr kuni Toshkentga uchish oldidan yozuvchi «Eltuz»ga intervyu bergan, uni qora ro‘yxatlan o‘chirishgani, hukumatning o‘zi uni qaytishga taklif qilganini bildirgan.

Nyu York safarida Mirziyoevning muxojirlarni vatanga chorlovidan ruhlanib u O‘zbekistonga qaytishga ahd qilgan edi.

«Vatanga qaytishni kimdir boshlab berishi kerak bo‘lsa mana men boshlab beraman birinchi bo‘lib» degan edi u «Eltuz» muxbiriga Toshkentga uchish oldidan.

So‘nggi olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Nurilla Otaxonov Toshkent transport prokuraturasi tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 sentyabr 2023
Buyuk chex imprescionisti asarini chex elchisi Urganchda taqdim qildi Urganch zamonaviy san'at muzeyida Germaniyadagi “Yuzuk” tashkiloti tarafidan 20-asrdagi buyuk ...
10 yanvar 2024
O‘likni yuvg‘uchi yuvsin, yemakni oshchi pishirsin, qo‘yni qassob so‘ysin, ilmni olim qilsin. Akademik olamdagi nosog‘lom muhit haqqinda gapirish uchun ...
29 oktyabr 2015
Amerika – “Sehrli diyor”da yashash ishtiyoqida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bir oy mabaynida o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ...
20 oktyabr 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...