Kievda ushlangan o‘zbek jurnalisti O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin
Ukraina sudi tomonidan qamoqqa olingan 51 yashar o‘zbek jurnalisti Narzullo Oxunjonov O‘zbekistonga estraditsiya qilinishi mumkin. Foto: Refat Chubarev
«Detektor medіa» nashriga ko‘ra, Kiev shahridagi Solomyansk tuman sudi 26 sentyabr kuni unga 40 kun vaqtinchalik qamoq jazosi belgilagan.
20 sentyabr kuni Oxunjonov, xotini va besh nafar farzandi bilan «Julyanы» aeroportida ushlangan edi.
Ohunjonovning advokati Aleksey Fyodorovga ko‘ra, 40 kun davomida sudlanuvchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zMTRKdagi ishidan bo‘shatilgach, to‘rt yil davomida Turkiyada yashagan jurnalist tovlamachilikda ayblanib, O‘zbekiston talabiga ko‘ra, Interpol qidiruvida bo‘lgan.
Shuningdek, Kiev nashrlari Oxunjonovning 20 sentyabrda Ukrainadan siyosiy boshpana so‘ragani, prokuratura esa uni qamoqqa olish uchun hujjat taqdim qilgani, sud vaqtinchalik qamoq jazosini rad qilishga asos topa olmaganini bildiradi.
Sudning bu qarori chiqquniga qadar, Narzullo Oxunjonov Kievdagi vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlangan. Hozir esa uni Kiev shahridagi tergov hibsxonasiga o‘tkazishgan.
Himoya tomoni sudga appelyatsiya shikoyati kiritgani, sud qarori keyingi instantsiyada qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini bildirmoqda.
Fyodorovga ko‘ra, Oxunjonov ishiga xalqaro tashkilotlar faol aralashmoqda.
Bundan ilgari «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti, jurnalistning oilasini O‘zbekiston hukumati ta'qibga olayotganini tasdiqlagan edi.
Shuningdek, khpg.org sayti, Ukraina Oliy Radasi deputati va Qirim tatarlari majlisi lideri Refat Chubarov ham o‘zbek jurnalistiga Ukrainadan boshpana berilishidan umidvor ekanini yozgan.
Oilasi bilan Kievga Turkiya orqali kelgan Oxunjonovning besh nafar farzandi va xotini ham hozir Ukraina poytaxtida qolmoqda.
Eltuz.com