Asosiy mavzular
23 noyabr 2017

«Tuxum mustaqilligi» qachon keladi?

1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatildi.

Toshkent shahri hokimligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, qator organlar qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat e'lon qilindi.

Bu hujjatda Toshkent bozorlarida kartoshkaning bir kilogrammi narxi 3000 so‘mdan, piyoz 2000 so‘mdan, sabzi 1500 so‘mdan, «alanga» navli guruch 3600 so‘mdan, tuxum 500 so‘mdan ortiq sotilishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

Mol go‘shti 33 mingdan, qo‘y go‘shti 34 ming so‘mdan oshmasligi, baliqning har xil turlari narxi belgilangan bu ro‘yxatda.

Lekin bu safar ham Rossiyaning marhum bosh vaziri Chernomirdin aytganidek, «poluchilos kak vsegda», ya'ni hamma narsa har doim bo‘lishi kerakdek bo‘lib chiqdi.

Har holda Toshkentdagi Farhod bozorida kuzatganimiz holat ajabtovur iboralari bilan tanilgan bu shaxsning «uchar fikrlari»da asos borligini ko‘rsatdi.

Bozorning tuxum rastasida savdogarlar sotayotgan tuxumning bedananikidan sal kattasi 500 so‘mdan boshlanadi va yiriklari 700-750 so‘mgacha sotiladi.

Majburiy ravishda 400 so‘mdan sotilayotganida esa navbatning oxiri ko‘rinmaydi. Bu ham tezda tugab qoladi.

Kartoshka sotilayotgan rastalarni aylanamiz. 2000 so‘mliklari ham bor. Yaxshiroq kartoshkaning narxi esa 3500 so‘m. Holbuki, har bir rastada kartoshkaning narxi 3000 so‘mligi yozilgan qog‘oz qistirib qo‘yilgan.

3500 so‘m narxni eshitgach, davlat belgilaganidan oshib ketibdi-ku, desangiz, mana, aka, 3000 so‘mligini oling, degan javobni eshitasiz.

Bu narxdagisi ham yomon emas, lekin savdogar davlatning ko‘rsatmasini nazar-pisand qilmayotgani e'tiborli.

Go‘sht rastasiga o‘tamiz. Qoyil, 21 ming so‘mga ham go‘sht bor. Majburiy narxda savdo qilayotgan qassoblar ilgari bitta molning go‘shtini sotishda 2 ta molning suyagini o‘tkazgan bo‘lsa, hozir suyak yanada ko‘paygan. Suyakli yaxshi go‘sht 35 ming so‘mdan boshlanadi. Suyaksizining narxi chaqadi.

«Alanga» guruchining o‘rtachasini ham davlat narxida, zo‘rini undan ancha qimmatga olasiz. Lekin «lazer»ning narxi belgilanganiga mos keladi.

Yolg‘on bo‘lmasin, piyoz, sabzilarning narxlari «davlat qolipi»dan chiqmagan. Hatto 750 so‘mga yaxshi sabzi olish mumkin.

Bu o‘rinda davlatning qat'iy narxlar belgilashi qanchalik o‘zini oqlayapti, degan savol kelib chiqadi. Javobi esa yuqoridagi misollardan kelib chiqilsa, kutilganidek – hech qanday.

Mazkur xulosa Toshkentning eng arzon bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib chiqarilgan. Oloyga o‘xshagan qimmat bozorga kirsangiz, ahvol yanada chatoqligiga guvoh bo‘lasiz.

Bozor har doimgidek talab va taklifdan kelib chiqqan holda o‘z holida faoliyat yuritmoqda. Davlatning har qanday ro‘yxati «chepuxa»…

O‘zbekistondagi go‘yoki bozor iqtisodiyoti hech qachon bozor iqtisodiyoti bo‘lmagani bilan tanilgan.

Qachonlardir biz g‘alla mustaqilligiga erishganimizdan g‘ururlangan edik. Amalda esa «o‘zimizning» bug‘doyning uni tandirda oqib qolardi. Unga «qozoq uni»ni aralashtirib, epaqaga keltirib olardik.

Neft mustaqilligimiz ham bundan ortiq bo‘lmagan. Toshkentda benzin bor, boshqa hududlar uning taqchilligidan aziyat chekib kelishi haligacha davom etmoqda.

Hukumat hammani tovuq boqishga o‘rgatishga urinib, tovuqchilikka undalmagan xonadon qolmadi. Buning aksi o‘laroq, bozorda tuxum narxi tushay demaydi.

Negadir nimaningdir mustaqilligiga erishmoqchi bo‘lsak, o‘shaning narxi ko‘tarilyapti. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘ziga xosligi dalolatimikin yoki?…

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Namangan viloyati  Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jaev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar ...
11 yanvar 2018
9 yanvar kuni MXX tergov hibsxonasida uch oydan ortiq qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev xotini, onasi va farzandlari bilan uchrashdi. ...
22 mart 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
23 yanvar 2017
«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...