Catira
16 yanvar 2018

Babayan futbolchilarni sotish uchun hujjat soxtalashtirishda ayblandi

15 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayan «futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod» chetlashtirildi.

Jumladan, O‘FF rasmiy sayti «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan Samvel Babayanning futbolchilar bilan 2018 yil oxirigacha tuzilgan shartnomalarni 2017 yil qilib «o‘zgartirgani» haqida yozdi.

O‘FFga ko‘ra, Babayanning bundan maqsadi – yil so‘nggida erkin o‘yinchilarga aylanadigan futbolchilarni «horijiy klublarga sotish» bo‘lgan.

Shuningdek, Babayanning milliy jamoani nosog‘lom holatga keltirgani, futbolchilarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani, tajribali mutaxassislar tavsiyalarini hisobga olmagani qayd etiladi.

Shu bois, 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida o‘zbek milliy jamoasi darajasi keskin tushib ketgan.

Samvel Babayanning «bu kabi noxolis faoliyati millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo‘ldi», deya yozadi O‘FF sayti.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 iyun 2021
O‘zbekistonda shoir Rauf Parfi xotirasiga bronza haykal o‘rnatish uchun bir guruh ziyolilar boshlagan pul yig‘ish harakati nihoyasiga yetmoqda. “Biz ...
31 oktyabr 2016
Bu yil ham O‘zbekistonda paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilgani qayd etildi. Biroq har safargidek o‘zbek hukumati amaldorlari ...
22 oktyabr 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
18 aprel 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...