Asosiy mavzular
18 yanvar 2018

«O‘zbekistonliklarning avtobusda yonishi – qashshoqlik tashxisidir!»

18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lida yonib ketgan eski «Ikarus» avtobusida 52 nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ko‘plab savollarni o‘rtaga chiqardi.

Nima uchun yana aynan o‘zbekistonliklar? Nega fojea yuz bergan payt avtobus eshiklari ochilmagan? Nega Rossiya-O‘zbekiston qatnoviga eski avtobus qo‘yilgan?

Londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov: «Bu fojea O‘zbekiston iqtisodiyoti qashshoq holatda qolayotganining yana bir tashxisidir», deya yozdi.

«Mamlakatning iqtisodiy o‘sishi to‘g‘risidagi ilgarigi va bugungi gaplar safsata ekanini e'tirof etish kerak. Agar bunday bo‘lmaganida edi, mamlakat aholisi to‘p-to‘p bo‘lib Rossiyaga ishlagani chopishmasdi. Mamlakatdan qochib chiqayotganlarning «normal» transport – temir yo‘l yoki aviatsiyaga puli yo‘q. Ular Qozog‘iston avtobus haydovchilari xizmatidan foydalanishadi. Ularning xizmatiga talab shu qadar kattaki, hatto buzuq avtobuslarni ham ishga solishadi. Aksincha yo‘l tutishsa, foydadan benasib qolishadi.

Shu bois, sodir bo‘lgan voqea aksariyat aholisi qashshoq va ommaviy migratsiya yoqasidagi mamlakat holatining mutlaqo qonuniyatli xotimasidir. Xo‘sh, 2018 yil kutilayotgan narxlar oshishi nimaga olib kelishi mumkin? Migrantlarning yangi to‘lqinigami? U holda bu kabi yangi fojealarni bashorat qilish qiyin emas, darvoqe, bunday voqealar ilgari ham bo‘lgan».

Mamlakatda motam e'lon qilinishi kerakmi?

Ijtimoiy tarmoqda yurtdoshlarning o‘limi yuzasidan mamlakatda motam e'lon qilinishi kerak, degan fikrlar yangramoqda.

«Normal mamlakatda motam kuni e'lon qilishardi. O‘zbekning joni shunchalik qadrsizmi?» deb yozdi jurnalist Sirojiddin Tolibov o‘zining feysbukdagi sahifasida.

«Biz yetarli darajada tezkorlik bilan rasmiy ta'ziyalar yo‘llaymiz… odamlar halok bo‘layotgan barcha davlatlarga… va bu to‘g‘ri! Bugun mening 52 nafar hamyurtim tiriklayin yondi… O‘zbekistonda motam uchun juda yetarli asos bor…», deya yozdi buxorolik huquq faoli Shuhrat G‘aniev.

Hozirgacha Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chovusho‘g‘li, bir qancha davlatlar rahbarlari avtobus halokati munosabati bilan O‘zbekiston hukumatiga hamdardlik bildirishgan.

Fojeani o‘rganish yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoev hukumat komissiyasi tuzgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2022
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizla, mo‘chchi oybikala, xo‘jik birrila?RT: ...
22 dekabr 2015
Amnesti tadbirlari doirasida Shvetsiya maktablarida Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan installyatsiyalar o‘rnatildi. “Gimnaziyamizning qorong‘u bir burchagida panjaralar o‘rnatdik, panjara ortiga ...
9 noyabr 2023
Qadrli muhlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubi va bitta rasmiylar munosabatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, ...
14 mart 2018
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i, 56 yoshli polkovnik Abdukarim Shodiev 9 mart kuni hibsga olindi. «Erk» ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...