Asosiy mavzular
4 aprel 2024

MTRK xodimidan prezidentga xat

Eltuz O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining o‘z raxbariyati ustidan yozgan shikoyatlarini o‘qishda davom etadi. Shu oy ichida bir qancha murojaatlar bo‘ldi, dalillar, faktlar keltirildi. So‘nggi ko‘rsatuv uzatilganidan bir kun o‘tmay navbatdagi maktub Eltuzga yetib keldi. Uni tag‘in MTRKning katta stajga ega xodimi yo‘llamoqda.

«Bundan buyon Prezidentni aldash uchun kechki efirda xushomad ko‘rsatuv uzatamiz. Muhtaram Prezident, shu paxtakor ko‘rsatuvga ko‘zingiz tushsa MTRKning quyidagi jinoyatlarini eslang, deya yozadi uzoq yillar MTRK tizimida ishlab kelgan xodim.

U sanab o‘tgan xolatlar esa quyidagilar:

1. Telekanallar texnikani telemarkazdan ijaraga oladi va mashinani MTRK avtokorxonasidan ijara qilamiz. O‘z texnikamizga ijara puli to‘lab ishlaymiz. Tekshiruv kelganda bu to‘lovlardan 200-300 million kamomad chiqadi.

2. Garaj beradigan mashinaning oylik ijara haqqiga bitta «Kobalt» mashinasini sotib olish mumkin. Bir yilda 12 mashina degani!

3. TV kameralar ham ijaraga beriladi, hatto montaj kompyuteri ham ijaraga ishlaydi. Shu kompyuter va kamerani MTRKdan boshqa kim ishlatyaptiki kanal unga ijara to‘lasin? Sababi ochiq – ijaradan katta mablag‘ni yuvib olish mumkin.

4. Bu pullar yetmagandek translyatsiya va ko‘rsatuv ijodkorlari direktorga oylikdan “dolya”soliq to‘lab ishlaymiz. “Dolya”ni direktorning shotirlari o‘z plastik kartasiga yoki naqd pulda yig‘ib oladi.

5. Komandirovka uchun O‘zbekiston 24 kanali har bir kishiga 100 ming so‘m kunlik harajat puli to‘laydi. Viloyatma-viloyat yuradigan sport kanali xodimi esa 30 ming so‘m oladi. Ovqatimizga pul yetmay “Rolton” makaron yeymiz.

6. Hisobchi va direktor til biriktirib gonorar uchun papka yopadi, bu papka hujjatda ishlamagan odamlar nomi ham bo‘ladi. Soxta papkani yopish uchun qo‘l qo‘ymagan bosh muharrir yoki bosh rejissyor majlisda tikka qo‘yiladi. Bo‘ysunmagan odam efirdagi har xil xatolar uchun ayblanib ishidan chetlatiladi.

Bugun ikki million oylik olamiz. Kanal direktorlari va ularning hamtovoqlaridan pul ortmaydi. O‘sha mashhur «Sport» kanali direktori Zohid Karimovning qimmatbaho mashinasi, o‘z do‘koni bor. Mashinani ham, do‘konni ham MTRKga kelib orttirgan. Do‘konni esa Xurshid Mirzahmedov yuritadi.

MTRK raisi Alisher Xadjaev ketgach bizda umid uyg‘ondi. Prezident MTRKdagi korruptsiya va poraxo‘rlikni bilib qolgandir, endi katta o‘zgarishlar bo‘ladi dedik. Lekin hech narsa o‘zgarmadi. Ahvol battar bo‘ldi.

Kanal direktori majlis qilib ketsang-ketaver, hammangni bo‘shataman deb o‘dag‘aylaydi, deya yozadi kompaniya sirlarini ikir chikirigacha bilishini iddao qilayotgan xodim.

«Men o‘rta yoshdagi, oilali insonman. Sochimning oqi bilan kasb o‘zgartirolmayman. MTRKda Abdusaid Ko‘chimov davridan beri faoliyat yuritaman. Ko‘chimov reklama gonorarlari, efir gonorarlarini halol bo‘lib bergani esimda.

Yaxshidan yaxshi nom qoladi – biz Ko‘chimov davrini MTRKning oltin davri deb eslaymiz. Pulimizda baraka bor edi.

Biz MTRK xodimlari mashina yoki uy olishni orzu ham qilmaymiz. Bolamizni pullik repititorda o‘qitishni istaymiz, tug‘ilgan kunida yaxshiroq sovg‘a olishni, oydan-oyga qarz bo‘lmay chiqishni xohlaymiz.

Amalda esa erkak boshim bilan uch yildan beri bitta yangi ko‘ylak ololmayman, pul ortmaydi» deya hasrat qiladi qozoni zo‘r-bazo‘r qaynab turgan televidenie xodimi.

Eltuz O‘zMTRK atrofida kechayotgan voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Layk bosing. Super raxmat tugmachasini bosib bizni qo‘llab quvvatlang. 

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2016
Ertalab soat 9 ga belgilangan sud majlisi, soat 10 da boshlangani e'lon qilindi. Sudlanuvchilarning tashqarida kutib turgan yaqinlari, eshik ...
12 aprel 2018
PosterUz
2 noyabr 2023
Mazkur sana jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikni to‘xtatish muhimligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish imkoniyatini beradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti jazosizlikning og‘ir ...
8 avgust 2018
Rassom Tuz bugun e'tiborni Rossiya propagandasining «qonxo‘r enaga» fojiasidan Markaziy Osiyo muhojirlariga qarshi foydalanayotgani mavzuiga qaratadi. Rassom Tuz 2016 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...