Document UZ
5 sentyabr 2018

Stokgolm sudi: «Dado» qo‘shiqchisi Gulnora Karimovaning rasmiy eri bo‘lgan

Telia shirkatining sobiq rahbarlari ustidan Stokgolmda davom etgan sudda Toshkentdagi «Dado» guruhi qo‘shiqchisi bo‘lgan Rustam Madumarov Gulnora Karimovaning rasmiy eri bo‘lgani ochiqlandi.

Shuningdek, sud tergovining ta'kidicha, bu hujjatlarda «G xonim» yoki Karimovning «G qizi», ya'ni Gulnora Karimovaning Shveytsariya bankida saqlangan qutilaridan chiqqan hujjatlar ekranda namoyish qilindi.

Unda Karimova boyliklarining nevara Islom Karimovga meros qoldirilishi haqidagi ma'lumotlar aks etgan.

Sudda, shuningdek, Telia shirkatining Gulnora Karimova qo‘liga o‘tayotganini anglatgan O‘zbekistondan kelgan xatlar o‘qib eshittirildi.

Xatlarda «xonim»ning telekommunikatsiya shirkati vakili bo‘lishi O‘zbekistonda juda muhimligi uqtirilgan, garchi u O‘zbekistondagi mobil tarmog‘i monopolisti bo‘laroq, Telianing raqobatchisi bo‘lgan.

Shirkatning sobiq bosh direktori Lars Nuberg bu takliflarni keskin rad etishi kerak edi, dedi prokuror Gunnar Setler. Har uchala sudlanuvchi bu ayblovlarni rad etdi.

Sudda qatnashgan advokatlardan biri mobil shirkatiga davlat litsenziya olishda ko‘maklashgani aytiladigan bugungi Bosh vazir Abdulla Aripovning sudga chaqirilishini talab qilgan.

Stokgolm sudi 5 sentyabr kuni davom etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki shiki madam shiki va ...
23 oktyabr 2015
U paytlardagi katta krizis qarshisida hukumat ojiz edi. Migrantlarning kelib ishlashlari tugul, hatto mahalliy xalq ham ishsiz, pulsiz yurardi. ...
26 yanvar 2019
Yaxshilik va umuman odamlarga yaxshilik qilish haqida yozgim keldi negadir. Qamoqqa tushgan xorazmlik jurnalist Davlat aka faqat hammaga yaxshilik ...
19 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon esdaliklaridan iborat birinchi kitobning so‘nggi qismi 1999 yil 16 fevral portlashlari yoritilgan maqolalarga asoslangan. Karimov rejimi muxolifi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...