Komil Allamjonov prezident matbuot kotibligidan bo‘shatildi
O‘zbekiston prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari, prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Eltuz” bilan gaplashgan davlat amaldori bildirdi.
Suhbatdoshga ko‘ra, Allamjonovning ishdan olinishi O‘zbekiston prezidentining Hindistonga safari bilan bog‘liq. Ammo bu aynan qaysi sabablar ekani haqida “Eltuz” muxbirida hozircha ma'lumot yo‘q.
Komil Allamjonovning qaysidir tumanga hokim bo‘lishi haqida ham tasdiqlanmagan ma'lumotlar bor.
Komil Allamjonov 2017 yilning dekabrida prezident Shavkat Mirziyoev farmoniga binoan matbuot kotibi va ma'muriyat rahbari o‘rinbosari qilib tayinlangan edi.
Allamjonov bundan oldin Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatini boshqargan.
Komil Allamjonov «Oltin qalam» va «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» nishoni sovrindoridir.
Komil Allamjonov Avtotest shirkati va Turon 24 nashrining haqiqiy egasi ekani iddao qilinadi.
Komil Allamjonov 2006 yili San'at va madaniyat institutini, 2010 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Eltuz.com